Tushda qirg’ovul | Тушда кирговул

QIRG‘OVUL (TAZARV) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qirg‘ovul sotqin odam bo‘ladi, moda qirg‘ovul esa aldovchi ayoldir. Ta’birchilarning aytishicha, qirg‘ovul hiyla bilan qo‘lga kiritilgan harom mol bo‘ladi. Tushida qirg‘ovul ko‘rsa, xiyonatkor bir kishi bilan xusumatlashishiga dalildir. Agar moda qirg‘ovulni qo‘lga kiritganini ko‘rsa, vujudida yaxshiligi bo‘lmagan bir ayolga uylanishiga dalildir. Agar uyda qirg‘ovulni ko‘rsa, chiroyli bir ayolni nikohiga olishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, uyida qirg‘ovul borligini va uning o‘lib qolganini ko‘rsa, xotini halok bo‘lishiga yoki xotinlar tufayli unga musibat yetishiga dalildir. Agar qirg‘ovulning uyidan uchib chiqib ketganini ko‘rsa, xotinini taloq qilishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, tushdagi qirg‘ovul jamol hamda mol sohibi bo‘lgan ayoldir. Agar tushida qirg‘ovulni topib olganini yoki tutib olganini ko‘rsa, yuqorida aytib o‘tilgan sifatga ega bo‘lgan ayolga uylanishiga dalil bo‘ladi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qirg‘ovul to‘rt narsani bildiradi: xotinni; harom molni; maishatni; maqsadga yetishish uchun intilishni.

Tushda qirg’ovul | Тушда кирговул
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты