Tushda qirg’iy | Тушда киргий

QIRG‘IY (CHARG‘) Ibn Sirin (r.a.) aytadiki, tushdagi qirg‘iy podshoh bo‘ladi. Agar vahshiy qirg‘iy ko‘rsa, balog‘atga yetgan farzandga dalil bo‘ladi. Agar qirg‘iyni tutib olganini va u bilan ov qilayotganini ko‘rsa, podshoh unga sitam qilishini bildiradi. Agar podshoh unga qirg‘iy berganini va u bilan ov qilayotganini ko‘rsa, podshoxdan hurmat va ulug‘lik topishini va o‘zgalarga sitam qilishini bildiradi. Agar qirg‘iy ov qilayotganini va o‘ljani tutib olganini ko‘rsa, itoatsiz farzand tug‘ilishiga dalildir. Agar qirg‘iyning go‘shtidan yeyayotganini ko‘rsa, farzandidan ranj va yomonlik ko‘rishiga dalildir.Kim qirg’iyni qo’lida ushlab turgan bo’lsa, o’g’ri uning qo’li bilan qamoqqa olinadi. Kimning peshob yo’lidan qirg’iy qushi chiqsa, shijoatli yoki ovsar bola ko’radi. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, tushdagi qirg‘iy haybatli va quvvatli bir ulug‘ kishiga dalildir. Agar qirg‘iy uning xonasiga kelib, bir marta yoki ikki marta bong urganini ko‘rsa, unga biror ziyon yetishiga dalildir, lekin uch marta bong ursa, hech qanday ziyon yetmaydi. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, qirg‘iy tunda yomon ishlar bilan shug‘ullanuvchi o‘g‘rini bildiradi.



Tushda qirg’iy | Тушда киргий
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты