Tushda qovoq | Тушда ковок

QOVOQ (KADU) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida qovoqni o‘z vaqtida uyida o‘sib yotganini ko‘rsa, izzat va obro‘yi yanada oshishiga dalildir. Agar bu tushni bemor ko‘rsa shifo topishiga, agar qul ko‘rsa, ozod bo‘lishiga, agar kofir ko‘rsa, musulmon bo‘lishiga, agar musofir ko‘rsa, o‘z vataniga salomat qaytishiga, agar fosiq ko‘rsa, tavba qilishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida qovog‘i borligini ko‘rsa, porso bir xotindan foyda ko‘rishiga dalildir. Agar qovoq palaklarini tomiri bilan sug‘irib olganini ko‘rsa, bir ulug‘ ayoldan foyda topishiga dalildir. Agar tushida pishgan qovokdan yeganini ko‘rsa, hojatlari ravo bo‘lishiga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qovoq uch narsani bildiradi: izzat va hurmatni; ne’mat va molni; ishlarning batartibligini.



Tushda qovoq | Тушда ковок
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты