Tushda ковурилган гушт | Тушда qovurilgan go’sht

QOVURILGAN GO‘SHT (BIRYON) Muhammad ibn Sirinning aytishicha, biryon tushda o‘z egasini va rizqning kengligini qidirishni bildiradi. Pishirilgan go‘sht ta’birda xom go‘pggdan yaxshirokdir. Kirmoniy (r.a.) aytadiki, qo‘y go‘shtidan qilingan biryonni yeyayotgan bo‘lsa yeganiga muvofiq molni ranju mashaqqat bilan topishiga dalildir. Mol go‘shtidan qilingan biryonni yeyayotgan bo‘lsa, qo‘rquv va xavfdan omon bo‘lishini bildiradi. Agar qo‘zichoqning biryonini yeyayotgan bo‘lsa, ozgina mol topishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, tushda qo‘zichoqning pishgan go‘shtni yeyish, o‘g‘il tug‘ilishini bildiradi. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, agar boshdan qilingan biryonni yeyayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odamdan yaxshilik topishini bildiradi. Agar tovuq biryonini yeyayotganini ko‘rsa, xotin uchun makru hiyla bilan biror molni qo‘lga kiritishiga dalildir. Agar baliq biryonini iste’mol qilayotganini ko‘rsa, safarga borishi, talabi ilm bilan biror ulug‘ kishining suhbatiga yetishishini bildiradi. Agar tush ko‘ruvchi yaxshi odam bo‘lsa, yuqoridagi ta’bir yuz beradi, bordi-yu yomon odam bo‘lsa, ranju g‘am ko‘rishiga dalildir. Agar baliq biryoni yangi bo‘lsa, sho‘r balikdan ko‘ra yaxshiroq bo‘ladi. Katta baliq kichik balikdan yaxshirokdir. Tushdagi biryonfurush o‘zgalarning rizqini farovon qiladigan kishidir.



Tushda ковурилган гушт | Тушда qovurilgan go’sht
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты