Tushda qoraqarg’a | Тушда коракарга

QORAQARG‘A (ZOG‘) Ibn Sirinning aytadiki, tushdagi qarg‘a fosiq, dini buzuq hamda ishlarda yolg‘on gapiruvchi kishiga dalildir. Tushida qarg‘ani tutib olganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, yuqorida aytilgan sifatli kchshi bilan uchrashuvi va yomon ishlarga moyil bo‘lishiga dalildir. Agar qarg‘ani o‘ldirganini ko‘rsa, aytilgan sifatga ega bo‘lgan kishiga qahrini sochishiga dalil bo‘ladi. Agar bir joyda qarg‘alarning yig‘ilib turganini ko‘rsa, o‘sha yerda fosiqlar va o‘g‘rilar yig‘ilishiga dalildir. Agar qarg‘ani tutib olganini ko‘rsa, yaramas joydan birorta ne’mat topishiga dalildir. Kirmoniy aytadiki, agar bitta qarg‘ani ko‘rsa kanizakka dalil bo‘ladi, agar ko‘pgina qarg‘alarni ko‘rsa, lashkarga dalil bo‘ladi. Agar qarg‘aning terisini shilib olganini ko‘rsa, musofir ayol bilan zino qilishiga dalildir. Agar qarg‘ani o‘ldirganini ko‘rsa, oilasiga biror musibat yetishiga dalildir. Agar qarg‘aning o‘zi bilan so‘zlashayotganini ko‘rsa, har xil voqealarday xabardor bo‘lishiga dalildir. Agar ko‘p qarg‘alarning osmondan uchib kelganini va o‘tib ketganini ko‘rsa, qarg‘alarning ko‘plik mikdoriga mos lashkar paydo bo‘lishiga dalildir. Jobir aytadiki, agar o‘z ishtoni ichida qarg‘a hamda qirg‘ovulning paydo bo‘lib qolganini ko‘rsa, o‘z farzandi kanizagi bilan buzuqchilik qilishiga dalildir. Agar qarg‘ani davolayotganini ko‘rsa, o‘g‘ri odamga pandu nasihat qilishiga dalildir. Agar qarg‘ani topib olsa va uni yashirib qo‘ysa, buzuq va yomon ishlarni qidiruvchi bo‘lishiga dalildir. Agar qarg‘a uning uyidan biror narsani tumshug‘i bilan olib chiqib ketayotganini ko‘rsa, birorta buzuq odam uning uyidan birorta narsani o‘g‘irlashiga dalildir.



Tushda qoraqarg’a | Тушда коракарга
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda bosh | Тушда бош


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты