Tushda qul | Тушда кул

QUL (BANDA) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, har kim tushida balog‘atga yetmagan qulni balog‘atga yetgan holda ko‘rsa, ozod bo‘lishiga dalildir. Agar kishi o‘z qulini ozod qilganini ko‘rsa, tez orada dunyodan ketishiga dalil bo‘ladi. Agar xoja qulni sotayotganini ko‘rsa, g‘amgin bo‘lishini bildiradi. Agar qulni sotib yuborganini ko‘rsa, shodmon bo‘lishiga dalildir. QUL (G‘ULOM) — Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘ulom bo‘lib qolganini ko‘rsa, og‘ir ishga qolishi va bu ishda ranjlar ko‘rishiga dalildir. Agar tushida g‘ulomni tutib olganini yoki sotib olganini ko‘rsa, o‘sha qilayotgan ishida yaxshiliklar borligiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi g‘ulom shodlikni bildiradi. Alloh ta’olo aytadi: Bas, Biz unga bir halim o‘g‘il xushxabarini berdik (Vas-Soffot, 101-oyat). Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘ulomi yoki kanizagini sotib yuborganini ko‘rsa, yaxshilikka dalil bo‘ladi. Agar sotib olganini ko‘rsa, yomon bo‘ladi. G‘ulom va kanizakni bahosi uchun tilla yoki kumush olsa, yomon bo‘ladi, agar molu mato olsa, yaxshi bo‘ladi.



Tushda qul | Тушда кул
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа-тушак Tushda ko’rpa-to’shak | Тушда курпа тушак


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты