Tushda qurbon qilish | Тушда курбон килиш

QURBON QILISH (QURBON KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, agar tushida mol yoki qo‘yni qurbon qilganini ko‘rsa, agar qul bo‘lsa, ozod bo‘lishi, balo va zahmatga giriftor bo‘lsa, shifo topishiga, bandi bo‘lsa, ozod bo‘lishiga kambag‘al bo‘lsa, boy bo‘lishiga, xavfda bo‘lsa, omon bo‘lishiga, qarzdor bo‘lsa, qutilishiga, Haj qilmagan bo‘lsa, Haj qilishiga dalildir. Agar tushida odamlarning qurbon qilish uchun dalaga ketganlarini ko‘rsa, qo‘rqadigan narsalaridan ozod bo‘lishlariga, mahbus bo‘lsalar, ozod bo‘lishlariga, ochlik va tanglikda bo‘lsalar, farovonlikka chiqishlariga dalildir. Xususan, bu tush qurbon hayiti arafasida bo‘lsa, ta’biri tezroq yuzaga chiqadi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qurbonlik go‘shtni odamlarga taqsimlab berayotganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam o‘sha yerda o‘lishiga va molini bo‘lib olishlariga dalildir. Agar go‘shtni o‘g‘irlab ketganini ko‘rsa, Xudoyi ta’ologa yolg‘on so‘zlashiga-dalildir. Tushdagi qurbonlik bashorat bo‘ladi. Alloh ta’olo aytadi: Yana, Biz unga solihlardan (bo‘lg‘usi) payg‘ambar Ishoqning xushxabarini berdik (Vas-saffot surasi, 112-oyat). Agar tush ko‘ruvchi ayol homilador bo‘lsa, solih farzand tug‘adi. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qurbonlik to‘rt narsaga dalildir: qo‘rquvdan qutilishga; maqsad va hojatlarning yuzaga chiqishiga; xayru barakatga; ochlik va tanglikdan qutilishga.



Tushda qurbon qilish | Тушда курбон килиш
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda bosh | Тушда бош


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты