Tushda qusish | Тушда кусиш

QUSISH (QAY KARDAN) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida bir kishi qusayotganini va qusqi oson chiqayotganini ko‘rsa, tavba qilishiga dalildir. Agar qusishga qiynalayotganini va qusqi yana qaytib joyiga ketganini ko‘rsa, tavbasidan qaytishi, oxiri azobga mubtalo bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilar bo‘yicha, musibat va ziyon tortadi. Agar qusib, uni yeyayotganini ko‘rsa, baxilligi sababli oilasiga hech narsa nafaqa qilmasligiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qusganini va uning ta’mi achchiq va noxush ekanini ko‘rsa, tavbadan so‘ng yana gunoh qilishga qaytishiga dalildir. Gar qusish vaqtida qornidan bir narsa tiliga chiqqanini ko‘rsa, bemor bo‘lishiga dalildir. Agar balg‘am chiqsa, kasallikdan shifo topishiga, agar ko‘pgina qon chiqsa, mol topishiga dalildir. Agar safro chiqsa, ranjdan omon bo‘lishiga, agar qornidan nimaiki bo‘lsa, hammasini chiqqanini ko‘rsa, halok bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qusish olti narsaga dalildir: tavbaga; pushaymonlikka; g‘alabaga; g‘amdan qutilishiga; omonatni qaytarishga; to‘xtab qolgan ishlarning yurishib ketishiga. Agar qusib, uni olganini ko‘rsa, birovga biror narsa hadya qilishiga va yana uni qaytarib olishiga dalildir.



Tushda qusish | Тушда кусиш
Tushda balg’am | Тушда балгам
Tushda balg’am | Тушда балгам
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Tushda bosh | Тушда бош


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты