Tushda qo’y | Тушда куй

QO‘Y (GO‘SPAND) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushdagi qo‘y harbiy o‘ljani bildiradi. Tushida qo‘ylarni o‘tlatib yurganini ko‘rsa, bir guruh ustidan ulug‘lik va rahbarlik topishiga dalildir. Qo‘ylarning ba’zisi oq, ba’zisi qora ekanini ko‘rsa, o‘sha guruhning ba’zisi arab, ba’zisi ajam ekaniga dalildir. Tushida ko‘p qo‘ylarning yig‘ilganini va ular o‘zining mulki ekanini ko‘rsa, ko‘p boylik topishiga dalildir. Tushida yelkasiga qo‘y ko‘targanini ko‘rsa, birovning omonatini gardaniga olishiga dalildir. Tushida pishirilgan qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa harbiy o‘ljaga ega bo‘lishini bildiradi. Qovurilgan qo‘y go‘shtidan yeganini ko‘rsa, g‘amu anduhga dalil bo‘ladi. Tushida yeyish uchun qo‘y so‘yganini ko‘rsa, dushmanni yengishini va molidan yeyishini bildiradi. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida qo‘chqor qo‘yi topganini yoki birov berganini ko‘rsa, ulug‘ bir odam bilan suhbatdosh bo‘lishi va unda ulug‘lik va boylik topishiga dalildir. Tushida qo‘chqorning bo‘g‘izlanganini va qo‘yib yuborganini ko‘rsa, bir ulug‘ odam ustidan zafar qazonishi, molini tortib olishi va xarj qilishiga dalildir. Tushida qo‘chqor ustiga o‘tirganini, uning itoatli va bo‘ysunuvchi ekanini ko‘rsa, bir ulug‘ odamning ustidan zafarga ega bo‘lishiga dalildir. Tushida qo‘chqor uni yengganini ko‘rsa, ta’biri aksincha bo‘ladi. Tushida qo‘chqorning boshi va oyog‘ini sindirganini ko‘rsa, aytilgan odamni yengishiga dalildir. Tushida qo‘chqorning oyog‘i va boshi uzun va kuchli ekanini ko‘rsa, o‘sha aytilgan odam kuchli va qudratli ekaniga dalildir. Tushida qo‘chqorning yungi uzun ekanini ko‘rsa, molu davlatning ziyoda bo‘lishini bildiradi. Tushida qo‘chqorning yungi ko‘pligini va bu yunglar o‘ziniki ekanini ko‘rsa, uning mikdoriga qarab odamlarga farmon berishiga, ular o‘zining qo‘l ostida bo‘lishlariga, ulardan ko‘pgina molu davlat topishiga dalildir. Mag‘ribiy (r.a.)ning aytishicha, tushdagi sovliq qo‘y ulug‘ va saxiy ayol bo‘ladi. Tushida sovliq topganini yoki birov unga berganini ko‘rsa, aytilgan sifatdagi ayol unga do‘st va talabgor bo‘ladi va undan mol hosil qiladi. Tushida sovliq qo‘yi yo‘qolib qolganini ko‘rsa, o‘sha xotin undan judo bo‘ladi. Ismoil Ash’as (r.a.)ning aytishicha, tushida sovliq qo‘yni bo‘g‘izlaganini ko‘rsa, pokiza bir ayolga bo‘hton qilishini ko‘rsatadi. Agar sovliq qo‘y qora bo‘lsa, arab xotinni, oq bo‘lsa, ajamiy xotinni bildiradi. Qo‘yning terisi halol mol bo‘ladi. Tushda qo‘yni ko‘rish besh narsaga dalildir: ulug‘likka; ulug‘ ayolga; molga; farmonga; izzat va manfaatga.



Tushda qo’y | Тушда куй
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт
Tushda go’sht | Тушда гушт, гошт
Tushda go’shtlar, go’sht | Тушда гуштлар, гушт


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты