Tushda go’r | Тушда гур Tushda g’or | Тушда гор

GO‘R (GO‘R) Doniyol alayhissalomning aytishlaricha, tushdagi go‘r zindon, ya’ni qamoqni bildiradi. Tushida o‘zi uchun o‘zi go‘r kavlaganini ko‘rsa, ahvoli tang bo‘lishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishicha, o‘sha go‘r kavlagan joyida o‘zi uchun uy qurishini bildiradi. Tushida uni go‘rga qo‘yganlarini ko‘rsa, ahvoli og‘ir bo‘lishiga dalildir. Alloh ta’olo aytadi: So‘ngra unga o‘lim berib, qabrga kiritdi (Abasa surasi, 21-oyat). Tushida uni go‘rga qo‘yganlarini va boshidan tuproq tortganlarini ko‘rsa, dinida nuqson bo‘lishi va dunyodan tavbasiz ketishiga dalildir. Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zi go‘rga kirganini ko‘rsa, qamoqqa solishlariga dalildir. Tushida go‘rga kirib, u yerda o‘lganini ko‘rsa, qamoqda o‘lishiga dalildir. Tushida uning tomi ustida go‘r kavlaganlarini ko‘rsa, uzoq yashashiga dalildir. Agar go‘r ustida turganini ko‘rsa, gunoh ustida doimiy bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida o‘zini go‘rda o‘lik holda ko‘rsa va Munkar Nakir uni savolga tutsa, o‘sha diyor podshohi uni qidirishiga dalildir. Agar Munkar Nakirga xato javob aytganini ko‘rsa, podshoh azobidan ojiz qolishiga dalildir. Uni tushida go‘rdan chiqarib, dorga osganlarini, yana qaytib go‘rga qo‘yganlarini ko‘rsa, podshoh uni e’zozlashi va sarpo kiydirishiga, so‘ng qamoqqa solishiga dalildir. G‘OR (G‘OR) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida g‘orga kirganini va u yerda muqim bo‘lib qolganini ko‘rsa, dunyodan ketishiga dalildir. Agar g‘orga kirib, qaytib chiqqanini ko‘rsa, og‘ir ishga duchor bo‘lishiga dalildir. Agar g‘orga kirganini va g‘or yorug‘ ekanini ko‘rsa, qamoqqa tushishiga dalildir. Agar g‘orni tor va qorong‘i holda ko‘rsa, maqbus bo‘lib, halok bo‘lishiga dalildir.



Tushda go’r | Тушда гур Tushda g’or | Тушда гор
Tushda go’r | Тушда гур Tushda g’or | Тушда гор
Tushda go’r | Тушда гур Tushda g’or | Тушда гор
Tushda go’r, go’riston, qabriston, mozor, qabr | Тушда гур, гуристон, кабристон, мозор, кабр
Tushda go’r, go’riston, qabriston, mozor, qabr | Тушда гур, гуристон, кабристон, мозор, кабр


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты