Tushda havo | Тушда хаво

HAVO (HAVO) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning ravshan va sofligini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining tandurust, maishati yaxshi, rohatda bo‘lishiga, ulamo va hikmat ahlining esa davlat va iqboli ziyoda bo‘lishiga dalildir. Agar havoning qorong‘i va xira ekanini ko‘rsa, o‘sha diyor ahliga g‘amu anduh yetishiga dalildir. Agar tushida havoning qizg‘in rangdaligini ko‘rsa, o‘sha diyorda jang va fitna bo‘lishiga dalildir. Agar havoning yashil ekanini ko‘rsa, o‘sha diyorda ekin, g‘alla va o‘ismliklar serob bo‘lishiga dalildir. Tushida havoning oppoq va tozaligini qo‘rsa, uning mikdoricha o‘sha diyorda ne’mat, kasb va maishat farovonligi bo‘lishiga dalildir. Kirmoniy (r.a.)ning aytishicha, tushida havoning changdan pok ekanini, biroq qattiq shamol turganini ko‘rsa, begona podshoh bu diyorga kirishiga dalildir. Tushida havoning bir qismi shahar yoki mahalla ustida ravshan va sof bo‘lganini ko‘rsa, o‘sha yili o‘sha mavzeda ne’mat, farovonlik, xayru manfaat bo‘lishiga dalildir. Agar xavoning har xil ekanini ko‘rsa, o‘sha diyor odamlarining ahvoli parishon bo‘lishiga dalildir. Ja’far Sodiq (r.a.)ning aytishicha, tushdagi havo besh narsaga dalildir: ulug‘likka; foydaga; salomatlikka; omonlikka; maishatga. Va bu besh dalil ravshan va sof havo haqidadir.



Tushda havo | Тушда хаво
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Туш таъбири 2019. Туш таъбири 1001.
Farog'at Rahmatova - Alla


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты