Tushda xo’roz | Тушда хуроз

XO‘ROZ (XURUS) Ibn Sirin (r.a.)ning aytishicha, tushida xo‘rozi borligini va bu xo‘roz o‘z mulki ekanini ko‘rsa, Ajam xalqidan bo‘lgan bir qulzoda unga qahr qilishini bildiradi, bordi-yu, xo‘rozni so‘yib yuborganini ko‘rsa, qulzoda ustidan zafar topishiga dalildir. Tushida xo‘roz bilan jang qilayotganini ko‘rsa, ajamlik kishi bilan janjallashiga dalolat qiladi. Agar xo‘roz o‘ziga ziyon yetkazganini ko‘rsa, ajamlikdan zarar yetishiga dalildir. Tushida xo‘roz bolasini topib olganini ko‘rsa kichkina g‘ulom yoki kanizakdan bir o‘g‘il tug‘ilishiga dalildir. Tushida xo‘roz qichqirayotganini eshitsa, yaxshilik eshitishiga dalildir. Agar xo‘rozning o‘ziga sakrab, tepganini tush ko‘rsa, birovdan g‘amu anduh yetishiga dalildir. Tushdagi xo‘rozning moyagi g‘ulomni bildiradi. Tushida kimdir unga jo‘ja xo‘roz berganini ko‘rsa, unga bir g‘ulom bag‘ishlashlariga dalildir. Jobir Mag‘ribiy (r.a.) aytadiki, har kim tushida xo‘rozi borligini ko‘rsa, o‘g‘il tug‘iladi yoki muazzin bilan suhbat qurishiga dalildir. Chunonchi, Rasululloh (s.a.v.) buyuradilar: Xo‘roz mening yaxshi ko‘rganimdir, chunki u odamlarni namozga chaqiradi. Ja’far Sodiq (r.a.) aytadiki, tushida xo‘roz go‘pggini yeganini ko‘rsa, martabali bir odam farzandi ustidan g‘olib bo‘lishini bildiradi. Tushida xo‘rozning tuxumini topib olganini va sindirganini ko‘rsa, ulug‘ yoki oddiy odam ustidan g‘alaba qilishini bildiradi.



Tushda xo’roz | Тушда хуроз
Tushda jonivorlarning qichqirishi, hayvonlar ovozi | Тушда жониворларнинг кичкириши, хайвонлар овози
Tushda jonivorlarning qichqirishi, hayvonlar ovozi | Тушда жониворларнинг кичкириши, хайвонлар овози
Tushda jonivorlarning qichqirishi | Тушда жониворларнинг кичкириши
Tushda jonivorlarning qichqirishi | Тушда жониворларнинг кичкириши


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты