Tushda payg`ambarlarni ko`rsa nima bo`lishi haqida.

Tushda payg`ambarlarni ko`rsa nima bo`lishi haqida. Oxir zamon Payg’ambari Allohning Rasuli (s.a.v.)ni tushda ko’rishning ta’birlari oldingi bo’limlarda berildi. Tushda Odam alayhissalomni ko’rish zuhd va taqvoga erishishdir. Shunday sharafga noil bo’lgan kishining duosi va tavbasi qabul bo’ladi. Odam alayhissalomni tush ko’rgan kishi gunohdan tiyilmaydigan kishi bo’lsa, falokatga uchrab o’ziga jabr qilishi mumkin.

Tushida Ibrohim alayhissalom
Tushida Ibrohim alayhissalomni ko’rgan kishidan Yaratgan mamnun bo’ladi. U uchun ne’mat va rahmat eshiklari ochiladi, hayoti quvonchga to’ladi. Ismoil alayhssalomni tushida ko’rgan kishiga zolim dushmanlari kun bermasada, oxirida u kishi ustunkeladi; dushmanlariustidan g’alaba qozonadi. Solih alayhissalomni tushida ko’rgan kishi dushmanlari yomonlik qilmoqchi bo’lsada, buni uddalay olmaydi. Yoqub alayhissalomni ko’rgan kishiga Alloh ko’p o’g’il beradi. Bulardan birining boshiga ko’p falokatlar kelsa, ham u azoblardan qutuladi, nufuzga ega bo’ladi. Zakariyo alayhissalomni tushida ko’rgan kishining tug’iladigan farzandi duosi ijobatli zot bo’ladi.

Tushda Sulaymon alayhissalom
Yahyo alayhissalomni tushida ko’rgan kishi Tangriga chin dildan bandalik qiladi. Falokatlar va gunohlardan qutuladi. Yunus alayhissalomni tushida ko’rgan kishi shoshqaloqlik qilib qamoqqa tushadi ko’p azob ko’radi. Keyinroq Alloh uning duolarini ijs eat qilib, azoblardan qutqaradi. Ayyub alayhissalomni tushida ko’rgan kyshi ko’p aziyat chekadi. Turmush o’rtog’i kasal bo’ladi, anchadan keyin sogayadi. Sulaymon alayhissalomni tushida ko’rgan kishi yuqori lavozimni egallaydi. Tangri unga uzoq vaqt rahbarlik imkoniyatini beradi. U kishi vaqtincha ishdan bo’shatilsa ham qaytadan o’z lavozimiga tiklanadi. Jin, pari kabilarning yomonliklaridan himoyalangan bo’ladi. Muso alayhissalomni tushida ko’rgan kishi dushmanlaridan ustun keladi, ularning yomonliklaridan qutuladi. Iso alayhissalomni tushida ko’rgan kishining har bir ishi mu- borak bo’ladi, farzandi tug’iladi va dushmanlarini engadi. U odamning ikki dunyosi ham obod bo’ladi.
PARDA
Tushda ko’rilgan parda g’am, tashvish, ojizlik, deb ta’bir qilinadi. Masjid ishlariga ko’rilgan parda, diniy ishlarda, uyda osilgan parda esa dunyo ishlaridagi qayg’u- g’am, deb ta’bir qilinadi. Tushida yirtqich parda ko’rgan kishi quvonadi. Pardaning katta bo’lishi kulfatning og’irligidan dalolat beradi.
PAROXOD
Biror kishi tushida o’zini paroxodda ko’rsa, quruqlikka chiqsa, qiyinchiliklardan qutuladi. To’xtab turgan pa- roxodda ekanini ko’rgan kishining ishi yurishmaydi, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Harakatsiz kemadan chiqib ketgan kishi azoblardan xalos bo’ladi. Agar u vazifasidan ozod qilingan bo’lsa, lavozimiga qayta tiklanadi. Shunday tush ko’rgan kishi kambag’al bo’lsa, boyiydi, befarzand bo’lsa, farzand ko’radi.
 
PIYoZ
Tushda ko’rilgan piyoz harom pul, yashirin yo’llar bi- lan orttirilgan boylik, sehr-jodu va jin chaqirish kabi ishlar bilan shug’ullanish, shu yo’l bilan pul ishlash, deb ta’bir qilinadi.Tushida piyoz to’g’raganini ko’rgan kishi achchiq so’z eshitadi yoki iztirobli xabar tufayli yig’laydi. Tushda ko’rilgan piyoz pul, deb ta’bir qilinadi.
 



Ulug'bek Rahmatullaev - Onajonim rahmat
Tushda yomg`ir yog`sa nimani bildiradi.
Tushda motom marosimini ko`rsa nimani anglatadi.
Tushda son | Тушда сон
Tushda son | Тушда сон


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты