Tushda qariya ko`rsa nima bo`ladi.

Tushda qariya ko`rsa nima bo`ladi. Biror kishi tushida keksa odamning uyiga kirsa va salom berib yaqinlashsa yoki keksa kishining orqasidan yursa, orzu qilingan davlatga erishadi. Yosh kishining tushida keksa holda ko’rinishi zaiflikka ishoradir. Keksa zanjini tush ko’rgan kishi dushmanidan ustun keladi. Zanji ochiq chehrali bo’lsa, yaxshilik alomati; xunuk, xo’mraygan bo’lsa, g’am-kulfat nishonasi, deb ta’bir qilinadi.Tushda juda keksaygan qariyani ko’rish uzoq umr ko’rishga ishoradir.

Tushda qarg`a
Tushda qarg’a ko’rish mol-mulk va xabar, deb ta’bir qilinadi. Qarg’aning shox ustida turganini ko’rgan kishi musofir bo’ladi. Qarg’a go’shtidan eganini ko’rgan kishining qo’liga harom mol tushadi. Qarg’aning ovozini eshitish xabar, yangilikdir. Qarg’aning qag’illashi juft bo’lsa, yaxshilikka yo’yilmaydi. Besh yoki undan ortiq marta qag’illasa, xushxabar keladi.

Tushda qassob
Tushda ko’rilgan notanish qassob Azroil (a. s.) deb ta’bir qilinadi. Tushida qassoblik qilganini ko’rgan kishi gunohga botadi. Qo’yning terisini shilganini ko’rish zulmga ishoradir. Biror kishining qassobxona ochganini ko’rish ham shunday. Qo’yning kallasini tanasidan ajratish turmush o’rtog’idan ayrilishga ishoradir. Qo’lini qon bilan yuvgan kishi maqsadiga etadi. Barmoqlari orasidagi qonni ishqalagan kishi farzandlari va birodarlari bilan urishadi. Notanish qassobdan go’sht olib uyiga keltirganini ko’rgan kishining oilasida janjal bo’ladi.
Tushda otasini so’yganini ko’rgan kishi otasi bilan ko’rishadi va unga yaxshilik qiladi. Tushida qassobni o’ldirganini ko’rgan kishi kasallikdan qutuladi. Qassob kema xo’jayiniga, merosxo’rlar va etimlar orasida meros- ni taqsimlovchi kishiga ishora ham.
Tushda qatl
Tushda biror kishini qatl qilganini ko’rish do’st-yor orasida e’tiborning ortishiga ishoradir. O’zining qatlga mahkum etilganini ko’rgan kishining umri uzun bo’ladi.
Tushda qafas
Tushda ko’rilgan qafas qamoqqa, yosh bolalar uchun beshikka ishoradir. Qafas, odatda, uy, deb ta’bir qilinadi. Boshini qafasga tiqib ko’chalarda yurganini ko’rgan kishi uyini sotadi. Qafas ishlarning qiyinlashishiga; oila qurishiga ishoradir.
QIYoMAT
Tushda Qiyomat kunini ko’rish tush ko’rgan kishini yomon ishlardan, gunohlardan qaytarishga ishoradir. Tushida faqat o’zining atrofida qiyomat ko’rgan kishi vafot etadi. Qiyomat kunida Arosat maydonida turganini ko’rgan kishi safarga chiqadi. Biror kishi tushida qabrlarning ochilgani, o’liklarning qabrdan chiqqanini ko’rsa, shu erda adolat o’rnatiladi.
qiz
Tushda qiz ko’rish amaldorlar uchu,t qiyinchilik demakdir. Bokira qiz ko’rish ba’zan gransport vositasi; o’simlik o’sadigan joyga ishoradir. Tushda qiz bola ko’rish mo’l-ko’lchilik, obro’, qiyinchilikdan qutulish, o’sib, ko’payib boradigan narsalarga ishoradir. Tushda qizni opichlab yurish o’g’ilni opichlab yurishdan yaxshiroqdir.
qilich
Tushda ko’rilgan qilich farzanddir. Qilichning qinida turganini ko’rish rafiqa, qinidan chiqarilgan qilich obro’-e’tibor, deb ta’bir qilinadi. Biror kishi tushida beliga qilich bog’langanini yoki qilichni sug’urganini ko’rsa, farzandli bo’ladi. Tushda qilichning singanini ko’rish farzandning o’limiga ishoradir.
 



Tokio Hotel - Vergessene Kinder
Ganz normaler Tag Нормальный день Die Strasse wird zum Grab Дорога находится могила Die Spuren sind...

HENSY - Замок на мостик
Припев: Замок на мостик повесим Будем с тобой всегда вместе Ключик выбросим далеко Чтобы нас не...

Три дня дождя, lowlife - Траблы
Припев: Три дня дождя Сколько уже ты так делала раз? И сколько уже ты так делала раз? Сколько уже...

14 Bis - Vida Nova
Eu te vi Я видел Quando já não havia nada, Когда ничего не было, Eu te quis Я хотел Когда уже не...

Ю.В.М. - Выхино
Выхино, ты моё родное Здесь дом мой, здесь семья моя и всё такое Выхино, ты моё родное Здесь я...

Адлер Коцба - Вид сзади
Припев: х2 Мне так нравится вид сзади Моя девочка в экстазе Мне так нравится вид сзади Поехали со...

1,5 кг отл.пюре - Эмо
Каждый раз понимать как легко потерять; Потерять навсегда все, чем жил ты вчера. Что хотел, чем...

Рапсат & Rudesarcasmov - Ты одна
Привет! В последнее время все стало так сложно И мне кажется, у нас не получится Давай, каждый...

polnalyubvi - Больше ничего
Первый Куплет: polnalyubvi Как же так случается? Земля, всё же, качается Тот, кого ты нежно любил...

Элис - Хрустальный замок
На краю леса,на краю земли Белые розы у замка цвели. Девушка в белом в том замке жила. Девушка эта...


Добавить комментарий