Tushda qon ko`rsa nima bo`ladi. Tushda ko’rilgan qon badandan chiqsa, g’am-qayg’u va zarardir. Badanida yarasi bo’lmagan holda qon chiqqanini ko’rgan kishi pora oladi yoki beradi. Qon ichganini ko’rgan kishi qon to’kadi yoki harom mol eydi. Qondan dog’ qolmaganini ko’rgan kishi gunohdan qutuladi. Jinsiy a’zosidan qon oqqanini ko’rgan erkakning xotini homilador bo’lsa homila nobud bo’ladi. Badandan qon oqqanini ko’rish kambag’al uchun boylik, boy uchun zarardir.
Tushda qon
Tushda qon siyganini ko’rish nogiron farzandga ishoradir. Gohida bunday tush beva ayol bilan noshar’- iy aloqaga kirishish, deb ham ta’bir qilinadi. Tushda hayz qonini ko’rish bokira qiz uchun nikoh, homilador ayol uchun homilaning tushishi; hayzi to’xtagan ayol uchun kasallikka ishoradir. Orqasidan qon chiqqanini ko’rgan kishi gunohdan forig’ bo’ladi. Agar qon tegsa, u kishining qo’lidan harom mol chiqadi. Odam qoni oila a’zolarining, uy egasining chiqim qilishiga, ba’zan kasallikka ishora bo’ladi.
QON OLDIRISh
Tushida badandan qon oldirgan kishi do’sti bilan shirin suhbat quradi. Yigit kishi qon oldirsa, raqiblaridan ustun keladi va boyiydi. Tomiriga nishtar urdi|)ib qonini oqizgan kishi Xudodan qo’rqadigan kishi bo’lsa, azoblardan qutuladi. Aksincha bo’lsa, xurmatli inson to- monidan jazolanadi. Qo’lidan ko’p qon oqqanini ko’rgan kishi kasallikka yo’liqadi. O’ng qo’lidan qon oldirgan kishi boy-badavlat bo’ladi. Chap qo’lidan oldirgan kishi- ning do’stlari ko’payadi. Biror kishining badanidan, ta- nasidan qon qolmaydigan darajada qon oqsa, u kishining ajali yaqin bo’ladi. Badandan qon oldirish o’qish, yozish va qo’rquvni engish, deb ham ta’birlanadi. Qon olgan kishi keksa bo’lsa, yaxshi hisoblanadi. Mard kishi bo’lsa, izzat- hurmatdan darakdir. Og’zidan ko’p qon kelganini ko’rgan kishining qo’liga ko’p mol-mulk tushadi, ammo yashirin siri oshkor bo’ladi. Homilador ayoldan tushda qon olinishi farzandning tug’ilishiga ishoradir.
QUDUQ
Biror kishi tushida quduq ko’rsa, ilm va boylik egasi bo’ladi. Quduqdan suv tortib ichsa, biror olim yoki boy kishidan naf ko’radi. Quduqdan olingan suvda cho’milgan kishi azoblardan xalos bo’ladi. Quduq suvi bilan idishni to’ldirgan kishi yashirin xazinani topadi. Tushda ko’rilgan quduq hiyla va biror kishini aldashga ishoradir. Shu sa- babli biror kishi tushida quduq qazilganini ko’rsa, kimgadir xiyla ishlatadi. Quduq qazigan kishi quduqqa kirgani- ni ko’rsa, boshqaga ishlatgan makri o’ziga qaytadi. Quduqqa tushganini ko’rgan kishi og’ir ahvoldan qutuladi.
QUYoN
Tushda ko’rilgan quyon ayoldir. Quyon ushlaganini ko’rgan kishi uylanadi. Tushida quyon so’yganini ko’rgan kishining rafiqasi ham yashaydi. Quyon go’shtidan terisidan, biror narsa olganini ko’rgan kishining xotinidan juda kam yaxshilik ko’radi. Qo’liga quyon bolasi tushganini ko’rgan kishini xafagarchilik, musibat kutadi.