Tushda oyoq kiyim ko`rsa niamni bildiradi.

OYoQ KIYIM
Tushda oyoq kiyim ko’rish ish, kasb, rafiqa, g’am-anduh demakdir. Boshmoq kiyganini, ichidan oyog’i chiqib turga- nini ko’rgan kishi hamma havas qiladigan darajada dav- latmand bo’ladi. Tor oyoq kiyim qiyinchilik; keng va te- shikli oyoq kiyim manfaatli ish, mo’may daromad, yaxshi haq to’lanadigan kasb demakdir.

Tushda oyoq kiyim
Etik ko’rish oila qurishga ishoradir. O’zining etigini kiyganini ko’rgan erkak ayol tufayli baloga qoladi. Chap oyog’ida teskari kiyilgan oyoq kiyim borligini ko’rgan kishi unutilmas, javobsiz ishqqa duchor bo’ladi. Oyoq kiyimni yo’qotib qo’yish qiyinchiliklardan qutulish, oyoq kiyimning yirganini ko’rish esa xotini bilan ajrashishga ishoradir.
 
 
 
NEFT
Tushda ko’rilgan neft xayrsiz, zinokor ayolga ishoradir. Neftni harom mol, deb ta’birlovchilar ham bor. Tushda gaz va boshqa neft mahsulotlarini ko’rish mashaqqat bi- lan qo’lga kiritiladigan moldir. Mazut, benzin ichganini ko’rgan kishi erosti boyliklaridan foydalanadi. Tushda ko’rilgan neft yomonlik, zulm, jang, deb ta’bir qilinadi.
NILUFAR
Tushda ko’rilgan nilufar yashirinishga, uyalishga yoki dengiz sayohatiga chiqishga ishoradir. Dengiz sayohatiga chiqqan kishining tushida nilufar ko’rishi cho’kishi demak- dir. Nilufar ko’rish toat-ibodat yo’lida sarflanadigan halol molga ishora hisoblanadi.
NIHOL (KO’ChAT)
Tushda nihol ko’rish chaqaloqqa ishoradir. Bog’iga nihol ekkanini ko’rish oilali bo’lsa, farzand ko’rishiga, turmush qurmagan bo’lsa, nikohga dalolat qiladi.
NOG’ORA
Nog’ora ko’rish yolg’on xabarga ishoradir. Nog’orasi bo’lgan kishi fitnakor yoki sharob sotuvchi shaxs tarzida ta’birla- nadi. Qo’lida nog’ora bilan o’ynagani, baqirib-chaqirganini ko’rgan kishi musibatga yo’liqadi. Vaqtni bildirish uchun chalingan nog’orani ko’rish haddan ziyod kibrlangan boy odamni ko’rishga ishoradir. Turli ovozlar, shovqin chiqaruvchi narsalar xasis davlatmandlarga ishoradir.
NUR (YoG’DU)
Tushda nur ko’rish yashashning osonlashishi va porloq istiqboldan darakdir. Shuningdek, nur ilmu irfon, iqtidor ham.
NUTQ
Tushda nutq so’zlaganining ta’biri xutba o’qishniki singari. Faqat tushda ko’rilgan nutqda siyosiy jihat ko’proq, to’g’ri so’zlilik kamroqdir. Hech kim bo’lmagan joyda nutq so’zlaganini ko’rgan kishi qadri anglashilmasdan dunyo- dan o’tadi. Juda ko’p kishilarga nutq so’zlaganini ko’rgan odam siyosatda muhim o’rin tutadi, davlat taqdirini hal qilishda ishtirok etadi. Nutq so’zlagani va uni hech kim tinglamayotganini ko’rgan kishi boy bo’lsa, mol-davlatdan, qobiliyatidan, kuchidan ayriladi.
 
 



Tushda etik, maxsi, oyoq kiyim | Тушда этик, махси, оёк кийим
Tushda etik, maxsi, oyoq kiyim | Тушда этик, махси, оёк кийим
Tushda libos, kiyim | Тушда либос, кийим
Tushda libos, kiyim | Тушда либос, кийим
Tushda libos | Тушда либос


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты