Tushda jinsiy aloqa qilsa nimani bildirishi haqida.

Tushda jinsiy aloqada bo’lish yuqori amalga ishoradir.

E’tiborli va amaldor kishi bilan shunday aloqaga kirishgan odam manfaat ko’radi. Bir necha kishi bilan jinsiy aloqada bo’lganini ko’rish xalqqa nafi tegadigan ezgu ishlar qilishga, siyosatchi bo’lsa, g’alabaga erishishga ishoradir.
Tushda keksa bilan jinsiy aloqa
Keksa kishi bilan jinsiy aloqada bo’lish katta boylik demakdir. Xunuk kishi bilan xohishsiz jinsiy aloqa qilish ko’ngilsizlikdir. Notanish kishi bilan jinsiy aloqada bo’lgan kishi pulini bexuda sovuradi.
Hayvonlar bilan aloqada bo’lganini ko’rgan kishi kuchli bo’ladi. Nikohlash mumkin bo’lmagan yaqin kishisi bi- lan jinsiy aloqada bo’lganini ko’rgan kishi unga nisbatan hurmati va mehrini yo’qotadi.
Jannat hurlaridan biri bilan jinsiy munosabatda bo’lgan kishi xursandchilik bilan diniy suhbatlardan bahramand bo’ladi. Erli ayolning boshqa ayol bilan aloqada bo’lishi erdan ayrilishiga ishoradir. Bir kishi tushida marhum bo’lgan kishi bilan shunday munosabatda bo’lsa, umri tugashiga ishoradir.
JINSIY A’ZO
O’zida ikki jinsning jinsiy a’zosi borligini ko’rgan ayol erining hurmatiga sazavor bo’ladi. Erkakning o’zida ayol jinsiy a’zosi borligini ko’rish yaxshilikka yo’yilmaydi. Tushida xotinining jinsiy azosini ko’rgan kishi azoblardan qutiladi. A’zolarning kattalashganini ko’rish yaxshi daromad daragi. Olov chiqqanini ko’rish ta- shabbuskor, etakchi farzandga ishoradir.
Erkak jinsiy a’zosi shon-shuhrat, farzand, yaxshilik bilan tanilish, nasli bilan faxrlanish demakdir. Jin- siy a’zoning bittadan ortiqligini ko’rgan erkakning farzandlari ko’p bo’ladi. A’zosi yo’qligini ko’rish nasli tugashiga ishoradir.
ZINA, NARVON
Tushda zina ko’rish va ustiga o’tirish martabaning oshi- shidan darakdir.. Tushda zinadan yuqoriga chiqqanini ko’rish yuqori martabaga ko’tarilish; pastga tushganini ko’rish esa ishdan bo’shatilishi, obro’yiningtushishi,tijo- ratchi bo’lsa, zarar qilishdir. Tuproq zinapoyadan chiqish mol-mulk; temir zinadan chiqish toshbag’irlik; yuqori martaba; g’isht va yog’ochdan yasalgan zinadan chiqish hiyla bilan ko’tarilishdir. Zinadan ko’tarilish muvaffaqiyat, tushish esa imkoniyatni boy berishdir. Besh pillapoyali zinadan chiqqanini ko’rgan kishining imoni butun musul- mon ekani bilinadi.
zino
Tushda zino qilish xoinlikka ishoradir. Zino qilishni o’g’irlik, deb ta’bir qiluvchilar ham bor. Go’zal va yosh ayol bilan zino qilganini ko’rgan kishi mol-davlatini yaxshi qo’riqlaydigan, ishonchli joyda qoldiradi. Zinoni kasb qilib olgan ayol bilan zino qilganini ko’rgan kishi yomon- lik va fitnaga aralashadi.
ZIRAK
Tushda ko’rilgan zirak tijorat va daromadga ishoradir. Tushda quloqlarida durli zirak ko’rgan kishi boyiydi va yasanib tuslanadi. Shunday tush Qur’onni yodlashga ishora hamdir. Qulog’ida zirak ko’rgan yigit bo’ydoq bo’lsa, uyla- nadi. Ayolning qulog’ida zirak ko’rish eriga, osinchoq zirak ko’rishi esa farzandlariga ishoradir.
ZIRH
Tushda ko’rilgan zirh dushmandan himoyalanishga isho- radir. Zirh ko’rish boylik va saltanatga ega bo’lishdir. Tushda ko’rilgan zirh birodardir.
 
 




Dave Pietro - Another Star
La la la la la la lala la La la la la la la lala la La la la la la la lala la La la la la la la...

Levon - расстование
прости меня-,но я ухожу прости меня я для тебя живу последний раз я тебе улыбнусь и больше я...

Джаро feat. Skazzy & MoneUno - Бумеранг
Она летит как бумеранг И придет ко мне опять Это снова не в первый раз Я устал уже ждать Она летит...

Юлия Рай - Чому вiн не мiй
Комусь я посміхнусь зранку, А в комусь я помилюсь аж до рани Мама! ти чуєш йому прикро? Він каже...

Луна - Extravision
Первый Куплет: Луна Из живого твоего движения Согласно первым строкам этой моей сказки В ритме слов...

140 ударов в минуту - Облака
Я тебя люблю. Мое сердце полно тобой. Я тебя люблю. Быть хочу лишь с тобой одной. С тобой встречать...

Шанхай - Зайчик
...

Fireside - Sorry
Confession Признание Situation Ситуация I'm listening Я слушаю Вы говорите мне I gotta Я должен...

aikko, twoxseven - Метелица
Вступление: Иди за мной, если хочешь иди за мной Если хочешь иди за мной Если хочешь иди за мной...

Ю-Кей - Слез Моих Не Увидишь
- Алло? - Забудь меня... Нет не забыть мне весенние дни Мне когда то приносил ты цветы С надеждой...


Добавить комментарий