Tushda dasturxon nimani bildiradi.

Ne’mat, farog’at, dushmanlar dan ustun kelish, deb ta’bir qilinadi. Tushda dasturxon atrofida o’tirganini ko’rgan kishi yaxshi va saxiy inson bilan suhbat quradi.
BUT (SANAM)
Tushdagi but dunyo ramzidir. Yog’ochdan yasalgan but munofiq va xoin insonni bildiradi. Shunday butga sig’inganini ko’rgan kishi yolg’on va xushomad bilan o’ziga nafi tegmaydigan kimsaga yaqinlashishga harakat qiladi. Tilladan yasalgan but foydasi ko’rilmaydigan molga, kibrli davlatmand va xiyonatkor ayolga; kumush but noshud farzandga, tuproq va betondan yasalgan but natijasi bo’lmagan ish va foydasiz urinishga ishoradir.
Tilla va kumush but ko’rish hiyla bilan ayollarning iffatiga zarar berishiga ishora beradi. Yonida yoki bo’ynida, uning tasvirini olib yurgan kishi muslima ayolga uylanadi. Tushida butlarni sindirganini yoki ularni xunuklashtirganini ko’rgan kishi yuqori martabaga erishadi, dushmanlaridan ustun keladi va ularning hiylalaridan omon qoladi.
BUG’DOY
Tushdabug’doyo’simligini ko’rgan kishi insonlaro’rtasida obro’-e’tiborga ega bo’ladi. Pishgan boshoqlarni ko’rish va o’rish boy-badavlat bo’lishga ishoradir. Qo’lida bug’doy ko’rgan kishi boy bo’ladi. Farzandli bo’lishi haqida ta’birlar ham bor. Tushda bug’doy sotib olish qiyinchilikka ishoradir. Bug’doy eganini ko’rgan kishining qo’liga katta boyliktushadi
VOIZ. VA’Z AYTISh
Tushida xutba o’qiganini ko’rgan kishi shunday vazi- fa ahli bo’lsa, ahvoli yaxshilanadi. Mehrobga minbarga chiqqanini ko’rgan kishi davlat arboblari qabulida bo’ladi. Agar tush ko’rgan kishi bunday vazifa ahlidan bo’lmasa, zarar keltiradigan so’z aytadi. Tushda voizni ko’rish yaxshilik bilan yomonlik qilishdan qaytarishga ishora hisoblanadi. Tushida xutba o’qigani va’z-nasihat bilan xalqni ogohlantirganini ko’rgan ayolning har xususda kuchi ortadi. Minbarda xutba o’qiganini ko’rgan ayol yaxshi inson bilan turmush quradi. Juma kuni xatib sin- gari xutba o’qiganini ko’rgan ayol esa eri bilan ajrashadi.
voiz
Tushda voiz ko’rish yig’lash, xafagarchilikdir. Tushda kasal kishining yoniga voizning kelishi bemorning kuni bitganini bildiradi.
VOKZAL
Tushda vokzal ko’rish ishlarning oqsashi va ba’zi rejalarning amalga oshishiga ishoradir. Tushda vokzal ko’rish ba’zan safardan voz kechish, safarga chiqmaslikka ishoradir.
 
 



Tushda oltin ko`rsa nimani bildiradi.
Tushda quyosh ko`rsa nima bo`ladi.
Tushda kumush ko`rsa nimani bildiradi.
Tushda tilla uzuk ko`rsa nima bo`ladi.
Tushda inson korsa nima buladi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты