Tushda inson korsa nima buladi

Tushda inson kursa nima buladi
Tush ko’ruvchi tushida notanish insonni ko’rsa, u inson hech kimga o’xshamasa, tush ko’rgan kishining nafsi, deb ta’bir qilinadi. Tushga agar  chiroyli libosdagi insonlarni ko’rgan odam biror narsadan xursand bo’ladi, davlatdan kutganiga erishadi. Sevgilisini bo’yi o’sganini ko’rish yaxshilikka deyiladi.
 
Boshi yuvilgan insonni ko’rrgan kishi dushmanlarini engadi. Tushda soch qirqgan insonni ko’rish, yaxshilik alomati emas. Bunday tush ko’rganni umr yo’ldoshi eri vafot etadi yoki er- xotin ajrashadi. Biror kishi tushida soqoli yulinganini ko’rsa yoki ularni o’z qo’llari bilan yulsa, ishlari o’z yo’liga tushadi.
 
Tushida soqoli oqargan insonni ko’rgan kishining obro’yi ortadi. Soqoli kindigagacha tushgan kishini, ko’rgan kishi qo’shnisiga qarshi ish kiladi. Shunday tush ko’rgan yosh kishi merosga ega bo’ladi.
 
Tushda inson
Soqolidan tuklar kamaygan kishini, ko’rgan kishining davlati kamayadi, tinchi yo’qoladi. Oyoqlarida tuklar juda ko’p insonni, ko’rgan kishining birodarlari va farzandlari ko’p bo’ladi. Badanni tuk bosgan kishining o’ta sodiq o’g’li bo’ladi. Badanidagi tomirlarni ko’rgan kishi ota-onaning boyligi bilan qudratli bo’ladi. Biror kishi tushida qornidan et yoki teri chiqqanini ko’rsa, boyiydi.
 
Biror kishining yuragini chiqarib eganini tush ko’rgan odam mol-mukka ega bo’ladi. Boshidan qon oqqanini ko’rgan kishi ham shunday. Badanini tuk o’smaydigan joylarini tuk bosganini ko’rish boylik va obro’ga ishoradir. Beldan yuqoridagi tana a’zolarida kamchilik borligini ko’rgan kishi azobda qoladi.
 
Tushda odam
Ayol kishi shunday tush ko’rsa, eri bilan ajrashadi. Tushida rangi oqarganini ko’rgan kishi kasal bo’ladi. Tanasining biror joyida ortiqcha a’zo bor- ligini ko’rgan kishi boyiydi. Semirganini ko’rgan kishi
dushmanidan ustun keladi. Sochi uzun bo’lib ketganini ko’rgan kishi farzandli bo’ladi. Sochini qo’li bilan kesgan ayolning eri ko’p o’tmay vafot etadi. Tushida inson go’shtini eyish g’iybat, yomon so’zdir.
Tushda joynamoz
Tushida joynamoz ustida o’tirganini ko’rgan kishi hajga boradi. Ipak joynamozda o’tirgani va namoz o’qiganini ko’rgan kishi namozda va ishlarida riyokor, munofiq, hashamatga berilgan bo’ladi. Tushda joynamoz ko’rish iffatli ayolga ega bo’lish, deb ham ta’bir qilinadi.
 
Tushda zaytun
Tushda ko’rilgan zaytun halol mol, deb ta’bir qilinadi. Zaytun daraxtini ko’rish oila va bolalar uchun hurmatli erkakdir. Tushda sariq zaytun ko’rish imondagi nuqson, g’amdir. Zaytun yog’i ko’rish ilm, shifo va baraka, deb ta’bir qilinadi.
 



Tushda inson ko`rsa nimani bildiradi.
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Tushda soch, soqol, jun | Тушда соч, сокол, жун
Tushda bosh | Тушда бош
Tushda bosh | Тушда бош


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты