Otabek Mirzo - Hayot bir gundir

Gal sevgilim, yosha do`lmasin go`zim,
Yuragimda bor sanga shirin so`zim.
Bugun bizni gunimizdir, azizim,
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x2}

Qo`llaringdan tutib, bog`lar gazali,
Ishq, muhabbat sharobidan ichali.
Bugun dunyo tashvishidan gechali,
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x4}

Yaqin do`stlarimla o`ynab-gularam,
Bir gun o`lish uchun har gun yuraram.
Jona ishonch yo`q, man uni bilaram,
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x2}

Azob bargan yaqinlarim anchadir,
Mol-dunyosi ko`pni g`amam shunchadir.
Ayting umr bahosini, qanchadir?
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x4}

Bir gun bizdan davron o`tsa natadi?
Mol-dunyosi, janonlari getadi.
Ertami-gech o`lim soati yetadi,
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x2}

Kayf-safosi harom so`zim tinglagin,
Ollohdan qo`rq, to`g`ri yo`lni tanlagin.
Butun umring tavba uchun aylagin,
Hayot bir gundir, u ham bugundir. {x4}



Бошка кушик матнлари:


Nasiba Abdullaeva - Bari gal
Hosila Rahimova - O’zingni ehtiyot qil
Fazo - Sevaman (Jona)
Shaxriyor - Rasvo
Safiya Saftarova - Sevgilim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты