Bojalar guruhi - Yangi O’zbekiston

Assalom sizga, ey baxtli yoshlar,
Shu vatanda kamol topgan qora qoshlar.
Mana yana bayramlar muborak bo‘lsin,
Mehnatning mukofoti bu, orzular ijobati bu.

Yuragim aytar bag‘rimda yalla,
Betakror go‘zal bu qishloq-shaharlar.
Ajdodlar orzu qilgan bir mahallar
Mustaqillik sharofati bu, ushaldiku orzu.

Qo‘llar ko‘ksimizda, boshimiz osmonda,
Deymiz xizmatingga labbay, labbay.
Gullab-yashnashing uchun,
Obod bo‘lishing uchun
Sog‘lom, kuchli farzandlaring shay.

Qani yoshlar, hammamiz birga:
Yangi O‘zbekiston! Yangi O‘zbekiston!
Men seni sevaman,
Go‘zal vatanim o‘zimni. (x2)

Yuksak orzular yuragimizda,
Har yo‘nalishda omad qo‘limizda.
Hali ko‘p g‘alabalar oldimizda,
Tinchlikning nashidasi bu,
Sergaklik natijasi bu.

Davomiy bo‘lsin tantana-to‘ylar,
Yosh oilalar uchun bino va uylar.
Yashasin qalbimizda pok tuyg‘ular,
Yoshlarning taronasi bu,
Mustaqil yoshlar shiori bu.

Qo‘llar ko‘ksimizda, boshimiz osmonda,
Deymiz xizmatingga labbay, labbay.
Gullab-yashnashing uchun,
Obod bo‘lishing uchun
Sog‘lom, kuchli farzandlaring shay.

Qani yoshlar, hammamiz birga:
Yangi O‘zbekiston! Yangi O‘zbekiston!
Men seni sevaman,
Go‘zal vatanim o‘zimni. (x2)

Yangi O‘zbekiston polvonlari,
Ikkita bronza, uch oltin
Muborak bo‘lsin, ey xalqim.
Bahodir Jalolov, Akbar Jo‘rayev,
Ulug‘bek Rashidov, Behzod Abdurahmonov,
Davlat Bobonov.

Shashting tushirma Tursinoy,
Shashting tushirma Miraziz,
Hakamlar bo‘ldi nohaq,
Biz siz bilan birgamiz.

E shunaqangi jang ko‘rsatdingki Miraziz,
Hatto hakamlarni ham chetlatvording-ku!

Xorazm, Qoraqalpog‘iston,
Sevaman o‘zbekiston!
Qashqadaryo va Surxon,
Jonim O‘zbekiston!

Navoiy, Buxoro, Samarqand,
Sevaman O‘zbekiston!
Seni sevaman Vatan!

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent,
Sevaman O‘zbekiston!
Farg‘ona, Namangan-u, Andijon,
Jonim O‘zbekiston!

Albatta poytaxtim jonajon,
Sevaman O‘zbekiston!
Gulla, yashna vatanim o‘zimni!



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yangi O’zbekiston
Bojalar guruhi - Yangi O’zbekiston
Bojalar guruhi - Sevaman O’zbekiston
Bojalar guruhi - Sevaman O’zbekiston
Dilso'z - Vatanim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты