Doston Ergashev - Bo’larkan

Jayronning yo`lini kutmasdan,
Janonning qo`lini tutmasdan,
Vayrona dillarni titmasdan,
Onamni o`ylasam bo`larkan.

Ko`rmasdan yodimda mardini,
Ko`p qildim dildagi gardini,
Ey, har kimga so`zlamay dardimni,
Otamga so`zlasam bo`larkan.

Janon deb teng bo`ldim qul bilan,
Sevgisini o`lchadi pul bilan,
Men nodon bir dasta gul bilan
Opamni siylasam bo`larkan. (x2)

Cho`ntakda to`la hamyon qolib,
O`tkinchi davr-u davron qolib,
To`rttagina issiq non olib,
Singlimni yo`qlasam bo`larkan.

Gohida pand yedim do`stdan ham,
Ba’zida chindan ham, rostdan ham,
Beminnat g`amxo`rim chindan ham –
Akamni maqtasam bo`larkan.

Varaqlab dil degan daftarin,
Men siqilsam – u ko`ngli yarim,
Ochmi to`qmi deb jigarim,
Ukamni o`ylasam bo`larkan.

Umrimni sovurdim shamolga,
O`tkinchi, betayin xayolga,
O`zimni tutdim savolga,
Iymonni asrasam bo`larkan.

Yurmasdan zamondan ko`p nolib,
Qur’onni dilimga yod olib,
Qolmasdan bir kuni dod solib,
Islomni anglasam bo`larkan. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Otamga o’xsha o’g’lim
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Davron Ergashev, Shahnoz - Qaniydi
Davron Ergashev, Rayhon - Unday dema


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты