Ulug'bek Rahmatullaev - Akam

Olovlarni olov demasdan,
Otashlarni mushtlagan akam.
Mening uchun hechdan qo`rqmasdan,
O`tni qo`lda ushlagan akam.

Ilm olsin, odam bo`lsin deb,
Umrin ishga sarflagan akam.
Ukam yo`lin ravon bo`lsin deb,
Yo`limdan tikan yulgan akam.

Qadri baland, mehribon akam,
Ishonganim, qalqonim akam.
Himoyachim, o`git berguvchi,
Akalikda otamdek akam. (x2)

Har deganda kamim to`ldirib,
Mening uchun yugurgan akam.
O`zi sovuq yerda o`tirib,
Soyamga joy to`shagan akam.

Allohimning nazari tushgan,
Akalarning naqshisiz, akam.
Menga bag`rin ochib ko`rishgan
Mingta do`stdan yaxshisiz, akam.

Ilm olsin, odam bo`lsin deb,
Umrin ishga sarflagan akam.
Ukam yo`lin ravon bo`lsin deb,
Yo`limdan tikan yulgan akam.

Qadri baland, mehribon akam,
Ishonganim, qalqonim akam.
Himoyachim, o`git berguvchi,
Akalikda otamdek akam. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Qilichbek Madaliyev - Ukam
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Tushda olov, otash, olov alangasi, olov yoqmoq, olov nuri | Тушда олов, оташ, олов алангаси, олов ёкмок, олов нури
Yulduz Usmonova - Yursin karvonlar
Farrux Xamrayev - Ukam mani


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты