Firdavs Qosimov - Qizg’onaman


Seni qizg`onaman bahordan, kuzdan,
Seni qizg`onaman kecha, kunduzdan.
Qizg`onaman do`stdan, begonadan ham,
Qizg`onaman shohu devonadan ham.

Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan,
Qizg`onaman seni yulduzdan, oydan,
Har bir sohib sarkor, sohib chiroydan.

Garchi qo`lim yetmas, oramiz yiroq,
Seni qizg`onaman hammadan biroq.
Bilaman, visoling nasib etmas hech,
Seni birovga ham bergim kelmas hech.

Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.
Seni qizg`onaman o`tli so`zlardan,
Qizg`onaman barcha suqli ko`zlardan.



Бошка кушик матнлари:


Yodgor Mirzajonov - Seni qizg`onaman
Mirjamol - Afsus
Ozodbek Nazarbekov - Bu kecha
Sardor Mamadaliyev - O’g’lim
Saidbek Normatov - Ichi qora do’st


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты