Doston Ergashev - Askarlar


Tinchlik poydevorin qurgan askarlar
G'ururi qon qonga singan askarlar
Vatani halovat topmog'i uchun
Halovatin chetga surgan askarlar

Vatanni suyangan tirgagisizlar
Chegara hududi sergagisizlar
Millatning sheryurak erkagisizlar
Yurtini jondan ko'p suygan askarlar

Yurtboshi or safda
Tortar navkarlar
Madadkor xalq uchun
Bir dam askarlar

Har birizga qo'ymoq
Kerak haykallar
Xalqim deb jon fido
Qilgan askarlar

Askarlar askarlar
Joni fido yurt uchun askarlar
Askarlar askarlar
Joni fido yurt uchun askarlar



Бошка кушик матнлари:


Malika Ravshanova - Vatani
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Otabek Mutalxo'jaev - Shu xalq uchun
G'ulomjon Yoqubov - Vatanni sevmoq bu
Yulduz Usmonova - O’zingdan qo`ymasin xalqim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты