Bunyodbek Odilbekov - Daydi yillar


Daydi yillar g'uncha gullar
Ochilgan bog' aro bog' aro zor
O'sha gullar bilan go'zal bitta sanam
Meni qiynab bo'ladi dilozor

Ko'zlar xumor uni takror
Ko'raman deb yo'llarida zor-intizor
Lek u go'zal bilmas buni
Yuragimda sog'inchli so'zim bor

Qaramadi qayrilib so`ramadi bir kelib
So`ramadi bir kelib u go`zal holimni
Qaramadi qayrilib sevganimni u bilib
Atayin yondiradi dilimni

Endi ming bor qiynasa yor
Yoniga borib sevgimni etay izhor
Ko`zlarida so`zlarida bilaman
Menga bo'lgan ishqi bor

Baribir bir kuni o'zim bilan uni
Olib birga ketarman ketarman
Hozir esa yana eshitarmi deya
Shu nolali qo'shig'imni aytarman

Qaramadi qayrilib so'ramadi bir kelib
So'ramadi bir kelib u go'zal holimni
Qaramadi qayrilib sevganimni u bilib
Atayin yondiradi dilimni



Бошка кушик матнлари:


Elmurod Ziyoyev - Daydi yillar (Dilozor)
Munisa Rizayeva - Daydi
Gulsanam Mamazoitova - Dilozor
Osiyo guruhi - Dilozor
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты