Mirjalol Nematov - Kuylar yozdim


Men uni yomonlolmayman
Yengilganim tan ololmayman
Mayli u yuraversin
Maqtanib


Ketaman lekin kecholmayman
Yo'ldan ursalar chidolmayman
Ahir u ketayapti
Aldanib


Bugun makonim kimsasiz joylar
Suvlari qurigan sharqiroq soylar
Tongi hech otmaydigan qora tunlar
Manzillari armonga to'qnash yo'llar


Sog'inib suratlariga yuzim bosdim
To'plangan dardlarim to'kib bir qo'shiq yozdim
Uni tinglab ko'ring faqat yig'lamang
Sevganim sevgimni o'ldirdi unga indamang


Kuylar yozib har qatori
Dardlar bilan dard bilan
Yor aldadi javobi yo'q
Xatlar bilan xat bilan


Oshno qilib ketti go'zal
Qayg'usiga qayg'usiga
Menchi oshiq edim uni
Kulgusiga kulgusiga


Toma toma ko'z yoshlari alam bo'ldim
Bora bora begona qadam bo'ldim
Siyohlari tugab qolgan qalam bo'ldim
Muhabbatga bora bora qaram bo'ldim



Бошка кушик матнлари:


Radius 21 - Друзья Алишера
Shohruhxon - Xatlar
Mahmud Namozov - Alamo
Bojalar guruhi - Onajonim yozdim xat
Otash Hijron - Aldadi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты