AFROSIYOB — Samarqandning qad. xarobasi. Bu nom tarixiy manbalarda qad. Samarqandga nisbatan faqat 17-a. dan boshlab uchraydi. Qad. Samarqand sugʻd manbalarida Smarakanve deb atalgan. Mil. av. 4-a. da Samarqand Aleksandr Makduniy qoʻshinlari tomonidan istilo etilgach, yunon mualliflari kundaliklarida Marokanda sifatida eslatiladi. Marokanda Smarakanve ning yunoncha tarjimasi. Movarounnahrda somoniylar hokimiyat tepasiga kelgach, qad. Smarakanve 9-a. dan boshlab Samarqand deb atala boshlandi.
11—15-a. larda turkiy tilda bitilgan adabiyotlarda Samarqand Semizkent sifatida uchraydi. 15-a. dan forsiy va turkiy tillardagi manbalarda bir xilda Samarqand nomi ishlatiladigan boʻldi.
Afrosiyob hoz. Samarqandning shim. chegarasiga tutashgan keng boʻsh tepaliklar boʻlib, uning mayd. 219 ga. Tepalikning shim. Siyob arigʻi bilan chegaralangan. Jan. tomondan «eski shahar» deb atalgan Samarqandga qoʻshilib ketgan.
Shaharning dastlabki tarixi haqida yozma manbalarda maʼlumotlar juda kam uchraydi. Koʻhna shaharda oʻtkazilgan arxeologi k qazishlar esa bunday maʼlumotlarni koʻproq bermoqda.
Arxeologik qazishmalar bir necha metr qalinlikdagi madaniy qatlamlar kanday boʻlganligini koʻrishga, boylar va kambagʻallarning uylarini, hunarmandlarning ustaxonalarini, savdogarlarning doʻkonlarini, koʻcha va maydonlarni, shohona saroylar va ibodatxona, masjid va madrasalarni, mudofaa inshootlarini, shaharning suv bilan taʼminlash tizimi va h. k. ni aniqlashga yordam beradi.
Afrosiyob va uning topilmalariga qiziqish 1868-y. da Chor Rossiyasi tomonidan Samarqand bosib olingandan keyin boshlandi. Afrosiyobda dastlabki kazish ishlari bilan mayor Borzenkov (1874), podpolkovnik V. V. Krestovskiy (1883), sharqshunos olimlar N. I. Veselovskiy (1884-85, 1895), V. V. Bartold (1904) va V. L. Vyatkin(1905; 1912—13)lar shugʻullanishdi. 1919-y. da M. Ye. Masson, V. L. Vyatkin tadqiqot boshlagan joylarda qazish ishlarini davom ettirib, somoniylar saroyi (9a.) xarobalarini ochdi. 1925, 1929—30 y. larda V. L. Vyatkin Afrosiyobda kazish ishlarini davom ettiradi va uning turli davrdagi tarixiga oid koʻplab materiallar toʻplaydi. Ammo 1930-y. larga kadar Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar kad. Samarqand tarixiga doir juda kam materiallar bergan. Urushdan keyin Oʻzbekiston FAning Tarix va arxeologiya in-ti olimlaridan A. I. Terenojkin tomonidan Afrosiyobda jiddiy dala tadkiqotlari oʻtkazildi. Natijada uning eng pastki katlamidan mil. av. 6—5-a. larga taalluqli buyumlar, uy-joy xarobalari topildi. V. A. Shishkin (1958—66) va Ya. Gʻ. Gʻulomov (1967—70)lar rahbarligida olib borilgan keng koʻlamli arxeologik kazishlar natijasida qad. madaniy qatlam materiallari Afrosiyobning boshqa joylaridan ham topildi. 1966-y. 13-iyulda Afrosiyobni arxeologik jihatdan kompleks oʻrganishni tashkil etish maq-sadida Respublika hukumatining maxsus qarori qabul qilindi. Unga koʻra, Afrosiyob «arxeologik qoʻriqxona» deb eʼlon kilinib, uni oʻrganish ishiga Toshkent va Samarqand davlat un-tlari hamda Madaniyat vazirligining Sanʼatshunoslik in-ti ham safarbar etildi. Aniq ilmiy rejalar asosida boshlangan arxeologik tadqiqotlar tufayli nafaqat shaharning koʻp ayerlik yoshi, balki uning har xil davrlardagi tarixiy topografiyasi, shahar tarkibi, shahar hayotining rivojlanish bosqichlari, bosqinlar tufayli yuz bergan buhronlar davri aniqlandi. Samarqand ixshidlarining shohona saroyi ochildi.
Afrosiyobda topilgan arxeologik materiallar Samarqand mil. av. 8—5-alarda Sugʻdiyonaning markaziy shahri sifatida vujudga kelganligini koʻrsatadi. Mil. av. 329-y. da shahar Aleksandr Makduniy qoʻshinlari tomonidan vayron etilgan, uning izlari hozirgacha shahar mudofaa inshootlarida yaxshi saqlangan. Mil. av. 3 — 1-a. larda, Kushonlar saltanati davrida shahar hayotida yuksalishlar yuz bergan. Mil. av. 3-a. da shahar qoʻshaloq mudofaa devori bilan oʻrab olingan. U davrlarning qalin madaniy qatlami Afrosiyobning shim. da, uning arki aʼlosi joylashgan qismida yaxshi saqlangan. Arxeologik materiallar va yozma manbalarda taʼkidlanishicha, bu zamonda Samarqand orqali Buyuk ipak yoʻli oʻtgan, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik rivoj topgan. Ilk oʻrta asrlarda Samarqand Sugʻdiyonaniig bosh shahri sifatida nufuzli mavqega ega boʻlib, shahar ijtimoiy va iqtisodiy xayotida tub oʻzgarishlar yuz berdi. Badavlat dehqon xoʻjaliklari kuchaydi, xuddi shu kezlarda ularning qasrlari joylashgan Afrosiyobning shim. qismi mudofaa devori bilan oʻrab olindi. Bu holat Movarounnahr va unga qoʻshni viloyatlarda ham yuz berdi. Bu davrda Samarqand hukmdorlari «ixshid», Buxoro hukmdorlari esa «buxorxudot» deb atalgan. 712-y. da arablar fotihi Kutayba ibn Muslim qoʻshin tortib kelganda, Samarqandning mudofaa devorlari mustahkam boʻlib, atrofida suv toʻla xandaq bor edi. Qutayba Samarqandga Fargʻona, Shosh va turklardan yordamga kelgan lashkarlarni yenggach, koʻmaksiz qolgan Sugʻd hokimi Gʻurak noiloj u bilan sulh tuzdi, shaharning ichki qismi (shahriston)ni arablarga boʻshatib berishga majbur boʻldi. Arxeologik topilmalar islomga zid boʻlgan haykal va devoriy rasmlarning ataylab qilich bilan chopilganini isbotlaydi.
9-a. ning ikkinchi choragidan Movarounnahrda hokimiyat somoniylar qoʻliga oʻtdi. Buxoro ularning markaziga aylandi. Shu davrda Samarqand iqgisodiy va madaniy jihatdan tez rivojlandi. Afrosiyobda somoniylar davrida oʻymakor ganch naqshlar bilan bezatilgan saroylar, badavlat dehqon xonadonlari, masjid va madrasalar, hammom va kanalizatsiyalar, tosh koʻchalar topilmoqda. Shaharni suv bilan taʼminlash ogʻirligidan aholining ehtiyojini qondirish uchun shahar hayotining dastlabki yillaridayoq Dargʻom tomonidan kanal qazib, suv keltirilgan. Ana shu kanal izlari hoz. shahar xiyobonining jan. da, Alisher Navoiy haykali qad koʻtarib turgan maskanda ochib oʻrganildi. Bu kanal Registon maydoni orqali Hazrati Xizr masjidi tomon yoʻl olgan. Tarixiy manbalarga koʻra A. ga jan. dan kiraverishda shahar xandaqi ustiga pishiq gʻishtlardan ravoqpi suvayirgʻich qurilib, uning tepasidan katta ariq oʻtkazilgan. Bu ariqni «Juyi ar-ziz» («Qoʻrgʻoshin ariq») deb ataganlar. Ariq shu yerda uchga boʻlingan va shahar oralab Siyob arigʻi boʻyiga borgan.
10-a. ning oxirida Movarounnahrda hokimiyat qoraxoniylar qoʻliga oʻtganida ham Samarqandda savdo, xunarmandchilik, shahar obodonchilik ishlari davom etadi. Shaxarning hunarmandchilik qiyofasi kuchayib, zodagon dehqon qasrlari endi shahar tashqarisida, ularning dala hovlilarida markazlashadi. 1220-y. da Chingizxon qoʻshinlari «Juyi arziz» toʻgʻonini buzib, shaharni suvsiz qoldirdi. Shahar mudofaachilari tengsiz jangda taslim boʻldilar. Bosqinchilar shaharning devor va darvozalarini vayron qilib saroy, masjid va madrasalarga, aholi xonadonlariga oʻt qoʻydilar. Aholining katta qismi jangda qiriddi, hunarmandlar Moʻgʻulistonga haydab ketildi. Shaharni soʻnggi mudofaachilari Jome masjidiga yashirinib, qarshilikni davom ettirdilar. Ularning olovda yongan tanalari jang kiyimida bizgacha yetib kelib, arxeologik qazish vaqtida topildi. «Qoʻrgʻoshin ariq» kayta tiklanmadi. Afrosiyobda suvsiz qolgan aholi Siyobdan charxpalaqda suv chiqarib, kun koʻrgan, soʻng aholi bora-bora Afrosiyobni butunlay tashlab ketgan. Kimsasiz xarobaga aylangan qad. Samarqand avvallari «Hisori koʻhna», «Qalʼai Hisor» atalib, 17-a. dan boshlab aholi orasida «Qalʼai Afrosiyob» yoki «Af-rosiyob» deb atala boshlangan.
Afrosiyobda qazishma ishlari ayniqsa Samarqandda Oʻzbekiston FA Arxeologiya in-ti tashkil topgach, keng koʻlamda kuchaydi. Ya. Gʻ. Gʻulomovdan soʻng Afrosiyob dagi arxeologik qazishmalarga G. V. Shishkina, Sh. Toshxoʻjayevlar rahbarlik qildi. Keyingi yillarda (1989-y. dan) Afrosiyobni arxeologik jihatdan tadqiq etish ishiga fransuz arxeologlari — Pol Bernar, Frans Grene va b. jalb etilgan. Fransuz arxeologik missiyasi Oʻzbekiston arxeologlari bilan (M. Isomiddinov va b.) hamkorliqda Afrosiyobni oʻrganishda qatnashmoqda. Oʻzbek va fransuz olimlarining hamkorliqda olib borgan tadqiqot natijalari qad. Samarqand tarixiga oid qator masalalarga aniqlik kiritdi, yaʼni mil. av. 6—5-a. larga taalluqli shahar mudofaa devorlari ostidan guvalakdan qurilgan yanada qad. devor qol-diqlari ochilib, Samarqandning yoshi mil. av. 8-a. oʻrtalariga oid ekanligi isbotlandi; shaharning arki aʼlo qismidan mil. 8-a. ga oid murabba (70×70) shaklidagi Samarqand ixshidlarining mahobatli saroyi qoldiqlari ochildi. Afrosiyobda arxeologik tadqiqot ishlari davom etmoqda.
Ad.: Vyatkin V. L., Gorodiщye bыlogo Samarqanda, Samarqand, 1926; Shishkin V. A., Afrosiyob — qadimiy madaniyat xazinasi, T., 1966; Afrasiyab, Sbornik, vыp. 1, T., 1969; Bernar P., Grene F., Isomiddinov M., Osnovnыye rezultatы raskopok uzbeksko-fransuzskoy ekspeditsii 1990-1992 gg., ONU, № 3-4, 1994; Isomiddinov M., O date osnovaniya Samarkanda, ONU, № 5, 1997.
Ahmadali Asqarov.