ABDULLAYEV

ABDULLAYEV Ismatulla (1927.10.3, Namangan) — sharqshunos, manbashunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), filol. fanlari d-ri (1979). Namangan oʻqituvchilar in-tini (1944), Oʻrta Osiyo davlat un-tining sharq f-tini tamomlagan (1951). Namangan pedagogika in-tida oʻqituvchi (1951—57), Oʻzbekiston FA Shark-shunoslik in-tida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim (1957—92), Namangan davlat unversitetida kafedra mudiri (1993-y. dan). Ilmiy faoliyati Movarounnahr va Xuroson shoirlarining arab tilidagi 10—11-a. boshlaridagi sheʼriyatiga bagʻishlangan. Abdullayev arab tilidagi bir qator ilmiy hamda hoz. zamon arab yozuvchilari (Abdurahmon al-Hamisiy, Abdurahmon ash-Sharqoviy, Usoma ibn Munqiz va b.) ning badiiy asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).

As: Buxoroning arabiynavis shoirlari, 1965; Abu Mansur as-Saolibiy, 1972.


Lotin alifbosida maqola: ABDULLAYEV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



IBN SINO
BERUNIY
TOSHKENT
Ismatulloh Abdullayev (1927-2005)
FRANSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты