AVSTRALIYA GʻOʻZASI

AVSTRALIYA GʻOʻZASI (Gossypium australe Mull.) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi S3, xromosomalar soni 2p/26. Birinchi marta F. Myuller taʼriflab bergan (1858). Avstraliyada keng tarqalgan. Avstraliya gʻoʻzasi koʻp yillik buta, boʻyi 1—1,5 m gacha. Poyasi ingichka, kalta tuklar bilan qoplangan. Koʻsaklari kichik (diametri 1 sm gacha), sirti silliq, teskari tuxumsimon shaklda, 3—4 chanoqli, ochilishi oʻrtacha, chigiti mayda, uzunchoq, och kulrang, ipaksimon (uz. 5 mm gacha) tukchalar bilan qoplangan. Chigit qobigʻi uncha qattiq emas. Avstraliya gʻoʻzasi eng tezpishar, koʻsagi 30 kunda pishib yetiladi. Oʻrgimchakkana va shiraga chidamli.


Lotin alifbosida maqola: AVSTRALIYA GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Ziyoda - Mayda-mayda
AHOLI
Yulduz Usmonova - Mayda-mayda (Nastarin)
Alisher Fayz - Qaldirg’och
Tushda kalta nayza, nayza | Тушда калта найза, найза


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты