ADASHGAN NERV

ADASHGAN NERV, sayyor nerv (nervus vagus) — odam va umurtqali hayvonlar bosh miyasi nervlarining oʻninchi jufti; eng uzun nerv. A. n. organizmda keng yoyilganligi uchun «adashgan» (sayyor) deyiladi. U miyaning toʻrtinchi qorinchasi tubidan boshlana-di: miyadan chiqqach, kallaning boʻyinturuq teshigidan oʻtadi. Bosh, boʻyin, koʻkrak va qorin boʻshligʻi aʼzolarini markaziy nerv sistemasi bilan bogʻlaydi (innervatsiya). Harakatlantiruvchi, sezuvchi va sekretor tolalari bor. Nafas aʼzolariga, hazm aʼzolarining koʻpchiligiga, yurakka tarmoqlar berib, keng chigʻallar hosil qiladi, bu chigʻallardan esa bir talay tarmoqlar boshlanadi. Reflektor harakatlarni (mas, yutinish), qon bosimini boshqarishda ishtirok etadi.


Lotin alifbosida maqola: ADASHGAN NERV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly Furtado - Más
Bojalar guruhi - Jufti halolim
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda hazm dorisi | Тушда хазм дриси


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты