ADNEKSIT

ADNEKSIT (salpingoofarit) — bachadon naylari va tuxumdonning yalligʻlanishi. Kasallikni turli patogen mikroblar — stafilokokk, streptokokk va b. qoʻzgʻatadi. Mikroblar bachadon ortiklari (tuxumdon va bachadon naylari) ga abort, tugʻruq, jinsiy aloqa vaqtida, turli infeksion kasalliklar (sil, angina, ichki aʼzolarning yalligʻlanishi) da esa boshqa aʼzo va toʻqimalardan qon va limfa tomirlari orqali oʻtadi. Sovqotish, oʻta toliqish, ruhiy iztirob, orastalik qoidalarining buzilishi kasallikning avj olishiga imkon beradi. Oʻtkir va surunkali Adneksit farq qilinadi. Oʻtkir Adneksitda qorinning pastki va quymich sohasida ogʻriq, koʻngil aynishi, qusish, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Kasallik ogʻir kechganda bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi. Surunkali Adneksit tez-tez qaytalanib turadi. Bachadon naylari yalligʻlanishi natijasida ular chandiqlanib, toʻsilib qoladi, bu esa bachadondan tashqari homiladorlik yoki bepushtlikka sabab boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: ADNEKSIT haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
Tushda jinsiy aloqa qilsa nimani bildirishi haqida.
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda qon oldirmoq, qon bermoq, qon olmoq | Тушда кон олдирмок, кон бермок, кон олмок
Tushda qon ko`rsa nima bo`ladi.


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты