AKSIRISH

AKSIRISH, tushkirish — organizmning himoya reaksiyalaridan biri. Yot jismlar (chang, shilliq modda, achchiq, qoʻlansa islar va b.) burun boʻshligʻidagi shilliq qavatning nerv hujayralariga taʼsir etishi natijasida Aksirish sodir boʻladi. Taʼsirlovchilar uch tarmoqpi nervning burun boʻshligʻida joylashgan sezuvchi nerv oxirlariga taʼsir etadi. Bunga javoban kishi reflektor tarzda chuqur nafas oladi. Soʻngra yumshoq tanglay koʻtarilib, bu-running ichki teshigini berkitadi, natijada koʻkrak boʻshligʻida bosim oshib ketadi. Shundan keyin burunning ichki teshigi birdan ochilib, toʻplanib qolgan havo burun orqali chiqib ketadi. Shilliq qavatni taʼsirlab turgan yot modda ham havo b-n chiqadi. Aksirish baʼzi kasalliklar (mas, gripp, tumov va b.)ning boshlangʻich belgisi boʻlishi ham mumkin.


Lotin alifbosida maqola: AKSIRISH haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Nelly Furtado - Más
Tushda tumov | Тушда тумов
Tushda tumov | Тушда тумов
Mika - We Are Golden
ADASHGAN NERV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты