ARIFMETIKA

ARIFMETIKA (lot. arithmos — son) — sonlar va sonli toʻplamlarda berilgan amallar (qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish)ni oʻrganuvchi fan. Sonlar yordamida beriladigan misol va masalalar oʻziga xos sodda usullarda yechiladi va kelgusida mat. ni chuqur oʻrganishga zamin boʻladi. Arifmetika deganda son tushunchasining paydo boʻlishi va rivojlanishi, hisoblash usullari va hisoblash qurollari takomillashuvi va turli tarzdagi sonlar bilan amallar bajarish tushuniladi. Sonlar bilan mantiqiy mulohazalar yuritishga urgʻu berilganda nazariy Arifmetika tushunchasi ishlatiladi. Butun sonlarning xususiyatlari sonlar nazariyasida oʻrganiladi. Arifmetika tushunchasi har xil buyumlar, narsalar ustida amallar bajarish zaruriyati tugʻilganda ham ishlatiladi. Arifmetika algebra bilan uzviy bogʻliq.

Arifmetika qadimda odamlar barmoklari yordamida sanash va hisoblashni boshlagan paytlarda paydo boʻlgan. Keyinchalik hisoblash va sodda oʻlchov ishlarini amalga oshirish natijasida Arifmetika tez rivojlandi. Ayniqsa, pul paydo boʻlgandan soʻng pul hisobi, i. ch. vositalarining koʻpayishi, boshqa fanlarga tatbiq qilinishi tufayli Arifmetika fan sifatida shakllandi. Arifmetika rivojlanish jarayonining eng muhim bosqichlari Hindiston madaniyati taraqqiyoti bilan bogʻliq. Oʻrta dengiz atrofidagi davlatlarning juda koʻp qismida, Gʻarbiy Osiyodan tortib to Hindistongacha, Arifmetika va umuman mat. ning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan oʻrta asr sharqi olimlari uz tarjimalari va asarlarida yunon matematiklari merosini saqlabgina qolmay, hindlarning yutuqlarini targʻib etish bilan cheklanmay, ularni yana ham boyitdilar. Muhammad al-Xorazmiy Arifmetikaga doir asar yezdi. Bu asarda Arifmetika izchil bayon qilingani uchun u madrasalarda mat. dan asosiy qullanma boʻlib kelgan. Arifmetik amallarni bajarishda hind hisob tizimi (unli sanoq tizi-mi)ga asoslangan yangi usullar 10-a. da Yevropaga tarqala boshlaydi. Yevropaliklarga arifmetik amallarni ishlatish usullari, malakasi hindlardan utgan boʻlsa ham bu jarayon al-Xorazmiyning lotin tiliga tarjima qilingan Arifmetika qoʻllanmasi yordamida amalga oshirilgan. Bu asarning usha davrdagi tarjimasi hozirgacha saqlanib qolgan.

Musulmonqul Berdiqulov.


Lotin alifbosida maqola: ARIFMETIKA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ALGEBRA
ADABIYOTSHUNOSLIK
AMIR TEMUR
ASTROFIZIKA
ANALOG HISOBLASH MASHINASI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты