ARMUR GʻOʻZASI

ARMUR GʻOʻZASI (Gossypium armourianum Kearney) — yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D21, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta T. Kerni taʼriflab bergan (1933). San-Markoye o. da va Kaliforniya qoʻltigʻi sohillarida uchraydi. A. F. — koʻp yillik, tarvaqaylab oʻsadigan buta, boʻyi 2 m gacha, oʻsuv shoxlari koʻp. Hosil shoxlari nimjon. Koʻsaklari mayda, dumaloq-uzunchoq, yonlari boʻrtib chiqqan, 3 — 4 chanoqli. Har bir chanogʻida 1 — 4 ta chigit boʻladi. Chigiti oʻrtacha kattalikda, toshchigit, yashil-kulrang tuklar bilan qoplangan. Armur gʻoʻzasi qurgʻoqchilikka nihoyatda chidamli, bakterioz bilan kasallanmaydi. Fotodavr oʻzgarishidan kam taʼsirlanadi. Armur gʻoʻzasi gulyonbargchalari tabiiy toʻkilib ketadigan gʻoʻza navlari yaratishda noyob tur hisoblanadi. Bunday gʻoʻza turlari Argentinada olingan.


Lotin alifbosida maqola: ARMUR GʻOʻZASI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVSTRALIYA GʻOʻZASI
AMERIKA QOʻSHMA SHTATLARI
BIK GʻOʻZASI
BARBOS GʻOʻZASI
Zamir - San-san


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты