ARUZ

ARUZ (arab. — arz qilmoq) — sheʼriy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan.

Navoiyning «Mezon ul-avzon» asarida koʻrsatilishicha Aruz vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda «ustun» degani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning «Kitob al-aruz»i («Aruz kitobi»)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishoburiylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda Aruzning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan davrlardagi qad. maqol va topishmoqlarda, «Devonu lugʻotit turk»da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʻu bilig»i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan.

Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar — a, zer, — i, pish – u mavjud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (—) ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushunilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juzvlar tuzilgan. Juzvlar Zta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Arablar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda chodir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): —; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmuʼ (yigʻiq vatad): (samar): V —; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yuragim): W —; fosilai kubro (katta fosila): (yashamagan): VW — kabi turlarga boʻlinadi.

Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustafʼilun, failatun, mafailatun, mafʼulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mustafʼi-lun. Asl ruknlar juzvlardan tuziladi: «faulun»da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. Aruzda zihof degan qism bor.

Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (mafailun) dan (failun) qoladi, uning oʻrnida (mafʼulun) qabul qilingan va hokazo. Mafʼulun tarmoq rukn deyiladi. Aruz nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi: 1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yettita): hazaj mafailunning, rajaz mustafʼilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafailunning, mutaqorib faulunning, mutadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi; 2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatlashib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustafʼilun failatun mustafʼilun. Munsarih: mustafʼilun mafʼulatu mustafʼilun mafʼulatu. Muzoriʼ: mafailun failatun mafailun failatun. Mujtass: mustafʼilun failatun mustafʼilun failatun. Muktazab: mafʼulatu mustafʼilun mafʼulatu mustafʼilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafailun. Madid: failatun fAilun failatun failun. Basit: mustafʼilun failun mustafʼilun failun. Ariz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: failun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlanadi, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sariʼ: mustafʼilun mustafʼilun mafʼulatu. Gʻarib (jadid) failatun failatun mustafʼilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, soʻng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafailun.

Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga boʻlinadi. Asl runklardan hosil boʻlgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar deyiladi. Solimlik va tarmoqlik xususiyati vaznlarga ham xos.

Aruzni tushuntirish vositalaridan biri — doira. Baxrlar tuzilishidagi oʻxshashliklariga koʻra doiralarga biriktiriladi. Doiradan soʻng taqtiʼ (parchalash) turadi. Bunda bayt ruknlarga ajratilib, vazni aniqlanadi, Taqgiʼ til, yozuv va talaffuz bilan bogʻliq. Aruz haqidagi oʻrta asr nazariyasida shakl bilan mazmun oʻrtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. Aruzni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda boʻgʻin, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi.

Aruzga oid hoz. zamon qarashi oʻzbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) boʻgʻin qisqa va choʻziq boʻgʻin vazifasini, yopiq (un-dosh tovush bilan tugagan) boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq boʻgʻinlar oʻta choʻziq boʻgʻin vazifasini oʻtaydi. Ochiq boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasida ham, qisqa boʻgʻin vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq boʻgʻinning choʻziqlik darajasidagi tafovut oz. Baʼzi yopiq boʻgʻinlardagi unlilar boshqa yopiq boʻgʻinlardagi unlilarga nisbatan choʻziqroq boʻlgani uchun yopiq boʻgʻin doimo choʻziq yoki oʻta choʻziq boʻgʻin oʻrniga oʻtishi mumkin. Ayrim yopiq boʻgʻinlardagi undosh tovush ochiq boʻgʻindagi undosh tovushdan koʻp (qor, zulm), bunday yopiq boʻgʻinlar misra ichida bir choʻziq va bir qisqa boʻgʻin oʻrniga oʻtadi. Bunda qisqa boʻgʻin «V», choʻziq boʻgʻin «—», oʻta choʻziq boʻgʻin «so» belgisi bilan koʻrsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush orasida qisqa «i» bordek aytiladi: Zor meni qilur ishq, Gʻ – VV – V-co Xor meni qilur ishq VV – V—so I II (Bobur, «Muxtasar») Bu baytdagi «zor», «xor» boʻgʻinlarining har biri choʻziq va bir kisqa boʻgʻin hisobiga oʻtgan, yuqorida «—V» belgisi bilan tayinlangan. Koʻpincha, misra ichida shunday koʻrsatiladi, aslida «so» belgisini qoʻyish ham mumkin. «Ishq» boʻgʻini misra oxirida kelganligi uchun «so» belgisi ishlatilgan. Mazkurbaytdagi II rukn toʻrt boʻgʻinli, oʻlchovi ham «V— so»dir. Ammo «ishq», «ilm» kabi soʻzlar taqtiʼda oʻzlaridan keyingi unli bilan boshlangan soʻzlarga tutashadi, bunda soʻz oldingi vazifasini bajarmaydi.

Aruzda ritm boʻgʻinlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo boʻladi. Boʻgʻinlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir soʻzning ikki ruknga boʻlinib ketishiga olib keladi: «hajring» — «hajring», koʻnglumda» — «koʻnglumda» kabi. Bu ritmni uyushtirishning oʻziga xos jihatlaridan biridir. Ruknlar bir boʻgʻinlidan olti bugʻinligacha-dir. Har bir misradagi ruknlar oʻzaro uyushib, vaznni yuzaga keltiradi. Ritm yaratilishi ruknlardan vazn hosil etishga ham bogʻliq: vaznlar bayt doirasida toʻrt ruknli (murabba), olti ruknli (musaddas) va sakkiz ruknli (musamman) boʻladi. Ritm yaratilishining sabablaridan biri ritmik pauzadir. Ritmik pauza misra oxiridagina emas, ichida ham boʻladi. Sheʼriyatdagi pauza izchil, mutanosib, parallel va ritmikdir. Boburdan keltirilgan har bir misrada ikkitadan rukn boʻlib, rukn oxirida ritmik pauza yuzaga chikadi, ammo 1-rukn oxiridagi ritmik pauza bilan misra oxiridagi ritmik pauza choʻziqlikda teng emas. Bu, avvalo, sheʼrda ifoda etilgan mazmun va u taqozo etgan intonatsiyaga qaraydi. Misralar ichida, baʼzi ruknlardan soʻng ritmik pauza boʻlmasligi ham mumkin. Bunday holat bir soʻz ikki ruknga boʻlinib ketganda uchraydi.

Aruzda ritmni uyushtirishda turkum ham qatnashadi. Habibiyning «Koʻklam», Erkin Vohidovning «Lola» gʻazallaridagi har bir misra 14 boʻgʻinli, lekin boshqaboshqa vaznda. Ularning vaznlari turlicha boʻlsada, ritmda yaqinlik seziladi. Bu ikki gʻazal UntUrtlik tur-kumga qarashli. Bu turkumda yana boshqa vaznlar ham bor. Aruzda miyerasi 4 boʻgʻinligacha boʻlgan sheʼrlar mavjud. Abu Nuvos (762-815), Abu Tammom (796 – 843), al-Maarriy va b. arab tilida; Saʼdiy, Hofiz, Dehdaviy, Jomiy va b. fors tilida; Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab, Nodira, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat va b. turkiyda Aruz dagi sheʼriyatning eng mukammal namunalarini yaratdilar.

Aruz oʻzbek sheʼriyatida 20-a. ning 20-y. larigacha yetakchi bulgan, barmoq tizimi kam qoʻllanilgan. Keyinchalik barmoq tizimi yetakchilik qilgan. Bu – uslub, shoirlarning qiziqishi, malakasi 6-n bogʻliq hodisa.

Ad.: Alisher Navoiy, Mezon ulavzon, T., 1949; Bobur, Muxtasar, T., 1971; Toʻychiyev U., Oʻzbek poeziyasida aruz sistemasi, T., 1985.

U. Tuychiyev.


Lotin alifbosida maqola: ARUZ haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ADABIYOTSHUNOSLIK
AMIR TEMUR
ABDULLA QODIRIY
ALGEBRA
Farrux Raimov - Ketmoqdaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты