ATROFIYA

ATROFIYA (yun. atropheo — ozayapman) — toʻqimalar oziqlanishining buzilishi natijasida aʼzolarning kichrayib, hujayralar sifatiningoʻzgarishi. Fiziologik va patologik Atrofiya tafovut qilinadi. Fiziologik Atrofiya aʼzolar funksiyalarining toʻxtashi natijasida roʻy beradi. Chunonchi organizm oʻsishdan toʻxtaganda, ayrisimon bez atrofiyalanib,yogʻ toʻqimasi koʻpayadi. Odam qarigan sari aʼzolar faoliyati susayishi natijasida bezlar va ichki aʼzolar hajmi kichrayadi, teri elastikligi yoʻqolib, ajin paydo boʻladi. Patologik Atrofiyaga turli kasalliklar (sil, oʻsmalar, za-harlanish va b.) sabab boʻladi. Bunda aʼzolar hajmi kichrayadi. Atrofiya sabablari yoʻqotilsa, aʼzolar asli holiga qaytishi mumkin, jumladan singan suyak bitgandan soʻng atrofiyalangan muskullar tiklanib, harakat normallashadi. Atrofiyaning oldi olinmasa, hayot uchun xavf tugʻdirishi mumkin, mas, koʻz nervi Atrofiyasi koʻrlikka, muskullar Axi falajlikka, jinsiy bezlar Axi jinsiy qobiliyatning susayishi (farzand koʻrmaslikka) sabab boʻladi.


Lotin alifbosida maqola: ATROFIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda jinsiy aloqa korsa nima buladi
BEPUSHTLIK
BIRIKTIRUVCHI TOʻQIMA
AMIR TEMUR
BERUNIY


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты