AFROSIYOBI

AFROSIYOBI — ertapishar olma navi. R. R. Shreder nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i. t. in-tining Samarqand filialida Landsberg navini Samarqand ertapishar navi bilan duragaylab chiqarilgan (V. V. Kuznetsov, A. A. Leplinskiy). Daraxti oʻrtacha oʻsadi, keng shoxli, piramidasimon, novdalari jigarrang. Bargi oʻrtacha. Gullari mayda, oq. Mevasi yirik (100—150 g), sirti tekis, uchki tomoni toraygan, qirmizi-sariq rangda, mevabandi kalta, eti och sariq, muloyim, shirin. Koʻchati eqilganidan keyin 4-5 yilda hosilga kiradi. Iyul boshida pishadi. Har yili hosil qiladi. Hosildorligi oʻrtacha. Olma qurtidan kam za-rarlanadi. Mevalari tez toʻkilib ketadi. Shahar atrofi, shamol kuchli boʻlmagan zonalar va tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirish uchun tavsiya etilgan (yana q. Olma).


Lotin alifbosida maqola: AFROSIYOBI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
Tushda daraxtlar | Тушда дарахтлар
BOGʻDORCHILIK, UZUMCHILIK VA VINOCHILIK INSTITUTI
BEHI
ANDIJON VILOYATI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты