ATSETIL PEROKSID (SN3SOO) — rangsiz, oʻziga xos hidli modda. Mol. m. 118,09. Suyuqlanish t-rasi 30°, 23 mm sim. ust. ga teng bosimda qaynash t-rasi 65°. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Saqlab qoʻyilganda parchalanadi, qizdirilsa portlaydi. Sirka angidridga bariy peroksid yoki vodorod peroksid taʼsir ettirish yoʻli b-n olinadi. Oksidlovchi sifatida, polimerlanish reaksiyalarida esa katalizator sifatida ishlatiladi.