ABASA

ABASA (arab, abasa — qoshini chimirdi, yuzini burishtirdi) — Quryonning 80-surasi nomi. 42 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Rivoyat qilinishicha, Muhammad (as) Quraysh zodagonlaridan bir guruhini islomga daʼvat qilib turganida Abdulloh ibn Ummi Maktum ismli ikki koʻzi koʻr bir sahoba kelib: «Yo rasululloh, menga Alloh sizga bildirgan narsalardan taʼlim bering», deb soʻraydi. Paygʻambarning boshqalar b-n band ekanligini sezmagan sahoba yuqoridagi gapini baland ovoz bilan bir necha bor takrorlaydi. Shunda paygʻambar achchigʻlanib, qovoq soldi va u kishidan yuz oʻgirib Quraysh kattalari bilan soʻzlashda davom etdi. Abasa surasi koʻzi ojiz bir kishiga roʻyxush bermagan paygʻambarga tanbeh berish bilan boshlanadi (shuning uchun ham bu sura «Abasa» deb nomlangan) va u zotga zimmalaridagi vazifalari yana bir bor uqtirilib, Qurʼon oyatlari Alloh tomonidan pand-nasihat oladigan bandalar uchun yuborilgan bir eslatma ekanligi taʼkidlanadi. Bu suratda Alloh oʻz habibi va soʻnggi paygʻambariga bergan tanbehi doʻstning doʻstga qiladigan begʻaraz muomalasi sifatida talqin etilgan.


Lotin alifbosida maqola: ABASA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



QURʼON
Shahzoda - Habibi
IBN SINO
Clon - Habibi танец живота
TOSHKENT


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты