AVEZOV Muxtor Umarxonovich

AVEZOV Muxtor Umarxonovich (1897.28.9, Sharqiy Qozogʻiston (sobiq Semipalatinsk) viloyati Abay tumani — 1961.27.6, Moskva) — qozoq yozuvchisi, olim. Qozogʻiston FAakad. (1946), filol. fanlari d-ri (1952), Kozogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1957). Semipalatinskdagi madrasada hamda oʻsha yerdagi 5 sinfli rus makta-bida oʻqigan, soʻng oʻqituvchilar semi-nariyasini tamomlagan (1917). Abay ovulida sahnalashtirilgan (1917) «Yenglik — Kebek» intermediyasi bilan qozoq dramaturgiyasiga asos soldi. Toʻngʻich qozoq teatri (hoz. Avezov nomida) — Qozogʻiston davlat akademik drama teatri ham 1926-y. 13 yanv. da shu pyesani sahnalashtirib ochilgan. Avezovning dramatik asarlari qozoq dramaturgiyasining rivojlanishiga katta hissa boʻlib qoʻshildi. Avezov 20-y. larda Toshkentda yashadi va Oʻrta Osiyo davlat un-ti aspiranturasida oʻqidi (1928). Mashhur oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy romanlaridan kuchli ilhomlandi.

1920—30 y. larda Toshkentdagi qozoq nashriyotida adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy «Choʻlpon» jurnali bilan bir necha adabiy toʻplam nashr etilgan. Avezov 1922 — 23 y. larda Toshkentdalik vaqtida «Kundoshlar» pyesasi, hikoyalari, «Asov tulporlar haqida» (1922), «Qozoq qalamkashlariga ochiq xat» (1922) maqolalari shu jurnalda bosildi. Avezovning «Abay», «Abay yoʻli» epopeyasi qozoq xalqi hayotiga bagʻishlangan boʻlib, u oʻz davrida yuksak bahoga sazovor boʻldi. Asarda qozoq xalqining 19 – a. dagi ogʻir, ziddiyatlarga toʻla hayoti badiiy aks ettirilgan. Oʻsha davrdagi qozoq dashtini qamrab olgan nodonlik va johillik toʻsiqlarini yenggan Abayning oʻz xalqi asl farzandi, mutafakkir, insonparvar shoir darajasiga koʻtarila olishi asarda mohirlik bilan tasvirlangan. «Abay yoʻli»ni Zumrad (Orifjonova) 1950—60 y. larda oʻzbek tiliga tarjima qilgan. U boshqa xalqlar tillariga ham tarjima qilindi. Jan. Qozogʻiston chorvadorlari hayotiga bagʻishlangan «Ravnaq» romani vafotidan soʻng bosilib chiqdi (1962). 20 – y. larda qozoq choʻllarida yuz bergan ocharchilik va b. dahshatli voqealar aks ettirilgan «Ogʻir sinov» romani ham vafotidan soʻng nashr etildi. Avezov ijodiy, ilmiy ishlar bilan birga, 30 yildan ortiq (1928—61) Olmaota ped. in-ti, Qozogʻiston va Moskva davlat un-tlarida pedagoglik faoliyatini qoʻshib olib bordi. A umrining koʻp yillarini shoʻro mafkurachilarining ogʻir tazyiqi va taʼqibi ostida oʻtkazishga majbur boʻldi.

Avezov turkiy xalqlar adabiyoti tarixini teran tadqiq etuvchi koʻplab maqolalar yaratdi. Uzoq yillar davomida turkiy xalqaar ogʻzaki ijodi namunalarini, xususan xalq dostonlarini keng targʻib qildi. «Er Targʻin», «Alpomish», «Manas» dostonlarini tadkiq etdi.


Lotin alifbosida maqola: AVEZOV Muxtor Umarxonovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
QOZOGʻISTON
General Chernyayevning Toshkentga bosqini
ROSSIYA
O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты