AGRAR ISLOHOTLAR

AGRAR ISLOHOTLAR, qishloq xoʻjaligidagi islohotlar — davlatning yerga mulkchilik munosabatlari va yerda xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirishga karatilgan chora-tadbirlari majmui. Dastlab Agrar islohotlar konsepsiyasi maqsad va vazifalari, yoʻnalishi, uni oʻtkazish bosqichlari aniqpab olinadi. Shunga asoslanib Agrar islohotlarni oʻtkazishning aniq chora-tadbirlari belgilanadi va ularni davlat amalga oshiradi.

Tarixda Agrar islohotlarning 3 turini koʻrish mumkin. Birinchisi — anʼanaviy (natural, biqiq, qoloq) iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga oʻtishni koʻzlovchi Agrar islohotlar Ular jumlasiga 19—20-a. larda Yevropa, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi Agrar islohotlarni kiritish mumkin. Ikkinchisi — bozor xoʻjaligidan totalitar-rejali tuzumga oʻtishni koʻzlagan va proletariat diktaturasi yordamida amalga oshirilgan Agrar islohotlar Uchinchisi — 90-y. lar boshidan sobiq sotsialistik mamlakatlarda rejali iqtisodiyotdan qayta bozor munosabatlariga oʻtishga qaratilgan Agrar islohotlar

Birinchi toifadagi islohotlar q. x. da tovar i. ch. ni oʻstirib, uni bozor iziga solishni moʻljallaydi. Zamindorlar mulki boʻlgan yer uni ekadiganlarga — dehqonlarga haq toʻlash sharti bilan yoki bepul beriladi, yerga dehqonlarning xususiy mulki oʻrnatiladi. Dehqonlar tabaqalashib, ularning bir qismi boylarga aylansa, boshqa qismi yollanma ishchilarga aylanadi. Agrar islohotlar qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyani qoʻllab, bu sohadan ish kuchini siqib chiqarishga olib keladi. Agrar islohotlar fermerlar sinfini shakllantirib, ularning mavqeini mustahkamlaydi. Ikkinchi toifadagi Agrar islohotlar sobiq SSSR, Mongoliya, Sharqiy Yevropa davlatlarida va b. mamlakatlarda amalga oshirilgan. Bunday islohotlar natijasida yer toʻla-toʻkis yoki qisman xususiy mulkdorlar tasarrufidan chiqarilib, davlat mulkiga aylantiriladi, mustaqil dehqon xoʻjaligi oʻrniga davlat rejasiga binoan ishlovchi davlat xoʻjaligi va jamoa xoʻjaliklari barpo etiladi, ularni hukumat toʻla nazorat qiladi. Bu islohotlar qishloqdagi erkin bozor munosabatlarini yoʻqotadi, q. x. da stimullar soʻna borganidan u inqirozga yuz oʻgiradi, oziq-ovqat taqchilligi doimiy tus oladi. Uchinchi turdagi Agrar islohotlar davlatlashtirilgan q. x. dan erkin bozor xujaligiga oʻtishni koʻzda tutadi, ular natijasida yerga davlat egaligi qisman yoki toʻla-toʻkis bekor qilinadi, yerni ijaraga ishlatishga ruxsat beriladi, davlat va jamoa xoʻjaligining mulki dehqonlar oʻrtasida bepul, qismai bepul, yoxud haqini toʻlash sharti bilan taqsimlanadi. Dehqon (fermer) xoʻjaligi asosiy xoʻjalik turiga aylantiriladi, bu xoʻjalik bozor talabiga qarab va oʻz manfaatini koʻzlab ish yuritadi.

20-a. davomida Oʻzbekistonda Agrar islohotlarning soʻnggi ikki turi amalga oshirildi. Shoʻrolar davrida yer-suvlar ularning egalaridan tortib olinib, dehqonlarga berildi. Lekin tez orada ulardan yana tortib olinib davlat mulkiga aylantirildi. Bunday islohotlar 1917—22 ylarda oʻtkazildi. 1925—26 ylarda yersuv islohoti oʻtkazildi. Bu islohotlarda mahalliy boylarga qarashli yerlarning bir qismi yersizlarga bepul taqsimlab berildi. Bunday islohotlar natijasida bozorga ishlovchi mustaqil dehqon hoʻjaligi rivojlandi. Ammo bu uzoqqa bormadi, chunki 20-y. lar islohoti qishloqni yoppasiga jamoalashtirish bilan yakunlandi. 1929—32 y. lar mobaynida dehqon xoʻjaligi tamoman tugatilib, oʻrniga davlat va jamoa xoʻjaliklari barpo etildi, q. x. totalitar-rejali tizim girdobida qoldi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng, yangi mazmunga ega boʻlgan islohotlar boshlandi. Respublikada tub Agrar islohotlarning huquqiy asoslarini yaratadigan qonunlar qabul qilindi. Jumladan, «Yer toʻgʻrisida» (20.06.1990), «Oʻzbekistonda tadbirkorlik toʻgʻrisida» (15.02.1991), «Davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida» (19.11.1991), «Ijara toʻgʻrisida» (19.11.1991), «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida» (3.07.1992), «Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida» (9.12.1992), «Yer soligʻi toʻgʻrisida» (6.05.1993) va b. qonunlar hamda hukumat qarorlari q. x. da koʻp ukladli iqtisodiyot poydevorini yaratishga yoʻl ochdi. 1998-y. apr. da chiqilgan «Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida», «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida», «Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida» qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi qabul qilindi. Qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish siyosatdagi muhim yoʻnalishga aylandi. Oʻzbekistonda bozor tizimini yaratishga qaratilgan yangi Ai. davomida davlat va jamoa xoʻjaliklari yerining bir qismi (jami 500 ming ga) aholiga tomorqa tarzida foydalanish uchun berildi. Natijada 1996-y. aholining tomorqa xoʻjaligida yer 640 ming ga ni tashkil etdi. Yangi Agrar islohotlar ikkinchi yoʻnalishi — bu qishloqni fermerlashtirish, yaʼni davlat va jamoa xoʻjaliklari oʻrniga dehqon va fermer xoʻjaliklarini tashkil etishdan iborat. Yerga davlat mulki saqlangani holda yer xoʻjalik yuritish uchun merosga oʻtish sharti bilan dehqonlarga berildi. 1996-y. jami 19,5 ming dehqon va fermer xoʻjaligi ishladi. Agrar islohotlarning uchinchi yoʻnalishi saqlanib qolgan davlat va jamoa xoʻjaliklarida dehqonlarning ulushbay mulkiga oʻtishdan iborat boʻldi. Xoʻjaliklardagi mol-mulk pulga chaqilib, u dehqonlarga ulush (pay) qilib berildi. Dehqonlar umumiy mulkdagi ulushiga qarab haq oladigan boʻldilar.

Agrar islohotlar Oʻzbekistonning xususiyatini hisobga olgan holda yangi mulkchilik va bozorga mos xoʻjalik usullarini bunyod etish yoʻnalishida bormoqda.

Ahmadjon Oʻlmasov.


Lotin alifbosida maqola: AGRAR ISLOHOTLAR haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BOZOR IQTISODIYOTIGA OʻTISH
AMIR TEMUR
BANKLAR
ANDIJON VILOYATI
AFRIKA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты