ANOSMIYA

ANOSMIYA (yun. an — inkor qoʻshimchasi va osme — hidlov, hid bilish) — hid bilmaslik; koʻpincha burun boʻshligʻi toʻqimalarining oʻtkir va surunkali yalligʻlanishi, shuningdek hid bilish nervining zararlanishi, markaziy nerv sistemasi faoliyatining buzilishi va b. sabab boʻladi. Burun yoʻllarining berkilib qolishi sababli hidli moddalarning dimoqqa kirolmasligi natijasida respirator Anosmiya hidlov analizatorining zararlanishi natijasida nevrogen Anosmiya, hidlov hujayralarining atrofiyasi oqibatida qarilikdagi Anosmiya kelib chikadi. Tuta Anosmiya ham bor. Taʼm bilishda hidlovning ahamiyati katta, shuning uchun Anosmiyada taʼm bilish sezgisi ham juda pasayadi.


Lotin alifbosida maqola: ANOSMIYA haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



BURUN
AMIR TEMUR
ALKOGOLIZM
BERUNIY
BUYRAK YETISHMOVCHILIGI


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты