ANSHLIF (nem. anschliff — sayqal bermoq) — ruda boʻlagi, togʻ jinsining yoki mineralning usti silliqlanib jilolangan namunasi. Anshlif asosan shaffof va noshaffof minerallarni, togʻ jinslarining ichki tuzilishlarini, undagi darzliklarni koʻz bilan yoki mikroskop orqali aks etgan nurlar yordamida oʻrganish uchun tayyorlanadi. Anshlif infraqizil nurlar yordamida ham oʻrganiladi.