ABDURAZZOQOV

ABDURAZZOQOV Abdujabbor (1932, Bekobod sh. — 1995, Toshkent) — fizik olim, Oʻzbekiston FA muxbir aʼzosi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990). Fizika-mat, fanlari d-ri (1972), prof. (1973). Oʻrta Osiyo davlat un-tini tugatgan (1956). Oʻzbekiston FA Fizika-texnika in-tida, Toshkent politexnika in-tida, Moskva yaqinidagi Dubnada joylashgan Yadro tadqiqotlari Birlashgan in-ti (YATBI) da ishlagan (1958—72). ToshDU fizika f-ti dekani (1972—80), kafedra mudiri (1968—95), ToshDU oʻqituvchilar malakasini oshirish f-ti dekani (1980—88). Ilmiy ishlari yadro spektroskopiyasiga oid. YATBI da — oʻzi yaratgan beta-spektrograflar majmui asosida muhim natijalar olgan. Qisqa yashovchi 100 dan ortiq neytroni yetishmaydigan yadrolarni oʻrgangan, 25 dan ortiq yadroning parchalanish tuzilmasini taklif qilgan, 8 ta yangi izotopni kashf etgan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1978).


Lotin alifbosida maqola: ABDURAZZOQOV haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
BERUNIY
FIZIKA
IBN SINO
ROSSIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты