ABONENTLAR TELEGRAF ALOQASI — telegraf apparatlari orqali korxona va muassasalar oʻrtasida mustaqil telegraf aloqasi oʻrnatish. Abonentlar telegraf aloqasi oʻrnatish uchun avtomat yoki dastaki telegraf st-yasi va telegraf apparatlaridan tashqari maxsus chaqirish va raqam terish moslamalari ham boʻlishi kerak. Telegraf apparatlari aloqa liniyasi (yoʻli) orqali telegraf st-yasiga ulanadi. Telegraf st-yasining ishlash tarzi avtomat telefon stansiya (ATS)ning ishlash tarzidan farq qilmaydi. Abonentlar telegraf aloqasi axborotlarni kecha-kunduz ayir-boshlash imkoniyatini beradi (yana q. Teleks).