AVLONIY

AVLONIY, Abdulla Avloniy (1878.12.7 – Toshkent – 1934.24.8) – maʼrifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi. Toʻquvchi oilasida tugʻilgan. Maktabxona va madrasada oʻqigan (1885— 95). 1906-y. dan sheʼrlari bilan matbuotda qatnasha boshlagan. Arab, fors, rus tillarini oʻrganib, bu tillarda ijod qilgan mutafak-kirlarning asarlarini oʻqigan, baʼzilari (mas, L. Tolstoy, K. D. Ushinskiy asarlari)ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. 1906-y. «Taraqqiy», 1907-y. oʻz uyida (Toshkentda) «Shuhrat» gaz. larini chiqargan. Bu gaz. lar yopib qoʻyilgach, 1908-y. yashirin ravishda «Osiyo» gaz. ni nashr etdi. 6-sonidan soʻng hukumat bu gaz. ni ham taqiqlab qoʻygan. Shundan soʻng Avloniy ilgʻor gʻoyalarni maktab orqali xalqqa tarqatishga harakat qildi: Toshkent sh. ning Mirobod mahallasida mahalliy aholi bolalari uchun yangi usul maktabi ochib (1908), oʻzi ona tili va adabiyotdan daryo berdi. 1909-y. «Jamiyati xayriya» tuzib, yetim bolalarni oʻqitgan. Shundan keyin A. Toshkentning Degrez mahallasida ikki sinfli maktab ochgan (1912). Bu maktabda dunyoviy fanlar oʻqitilishi bilan maktabxonalardan farq qilgan. Avloniy yangi maktablar uchun koʻllanma va oʻqish kitoblar yozib, nashr qildirgan [mas, «Birinchi mu-allim», 1911; «Ikkinchi muallim», 1912; «Turkiy guliston yoxud axloq», 1913; 4 juzd (qism) li «Adabiyot yoxud milliy sheʼrlar» toʻplami, 1909—15; «Maktab gulistoni», 1915; «Mardikorlar ashuvlasi», 1917 va b. ]. Munavvarqori, Muhammadjon Podshoxoʻjayev, Tavallo, Rustambek Yusufbekov, Nizomiddin Xoʻjayev, Shokirjon Rahimiy kabi taraqqiychilar bilan birgalikda «Nashriyot» (1914), «Maktab» (1916) shirkatlarini tashkil etgan. Avloniy xalq ongini oshirish uchun teatr sanʼatidan ham foydalangan. U 1913-y. da «Turkiston» nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. 1910—16 y. larda bir qancha sahna asarlarini tarjima qildi va oʻzi sahnalashtirdi. Avloniyning sahna asarlari Toshkent, Fargʻona, Andijon, Qoʻqon, Xoʻjand kabi shaharlarda koʻyilgan. Bu asarlarda 20-a. boshlaridagi Turkiston hayotining keng manzaralari oʻz ifodasini topgan. Avloniy truppasida Mannon Uygur tarbiya topgan; truppa bilan Hamza, Ozarbayjon dramaturglari Uzayr Hojibekov, S. Ruhullo hamkorlikda boʻlgan. Oktyabr toʻntarishidan keyin xalqqa vaʼda qilingan erkinlikning berilmaganligi shoir ijodida tushkunlikning paydo boʻlishiga olib keldi («Xafalik soatda» sheʼri, 1919). Avloniy 1917-y. da «Turon» gaz. ni nashr qildi. Gaz. da siyosiy va ijtimoiy voqealar yoritilgan. 1918-y. A. «Ishtirokiyun» gaz. ni tashkil etishda qatnashdi va uning muharriri boʻldi. 1919—20 y. larda Shoʻro hukumatining Afgʻonistondagi siyosiy vakili va konsuli. «Kasabachilik harakati» jur. bosh muharriri (1921).1921-y. dan Avloniy maktablar ochish, xalqni savodxon qilish, oʻzbek xotin-qizlarini oʻqitish, oʻqituvchilar va ziyoli kadrlar tayyorlash ishlari bilan shugʻullandi. U Eski shahardagi xotinqizlar va erlar maorif bilim yurtlari (inproslar)da mudir (1923—24), Toshkent harbiy maktabida oʻqituvchi (1924— 29). 1930—34 y. larda Oʻrta Osiyo un-ti til va adabiyot kafedrasi mudiri, prof. Shu davrda u oʻzbek maktablarining 7sinfi uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzib, nashr ettirdi (1933). A. Hijron, Nabil, Indamas, Shuhrat, Tangriquli, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chigʻaboy, Abdulhaq taxalluslari bilan tanqidiy va ilmiy maqola, 4000 miyeradan ortiq sheʼr ijod qilgan.

As: Toshkent tonggi, T., 1978; Turkiy guliston yoxud axloq, T., 1992; Oʻson millat, T., 1993.

Ad.: Qosimov B., Abdulla Avloniy, T., 1979; Qosimov B., Izlay-izlay topganim, T., 1983; Qosimov B., Dolimov U., Maʼrifat dargʻalari, T., 1990.

Begali Qosimov.


Lotin alifbosida maqola: AVLONIY haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



ABDULLA QODIRIY
ARMANISTON
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
AHOLI
ADABIYOTSHUNOSLIK


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты