AVTOMAT POʻLATI

AVTOMAT POʻLATI — metall kesuvchi tezkor avtomat stanoklarda kesib ishlash uchun moʻljallangan poʻlat. Tarkibida oltingugurt va fosfor boshqa poʻlatlardagidan koʻproq boʻladi. Avtomat poʻlati tarkibi: 0,08—0,45% uglerod, 0,15 — 0,35% kremniy, 0,6—1,55% marganes, 0,08—0,30% oltingugurt, 0,05—0,16% fosfordan iborat. Avtomat poʻlati kesish vaqtida qisqa, oson sinuvchan va buyum sirtidan darhol ajralib ketadigan qirindi hosil qiladi. Poʻlatni ana shunday xossali qilish uchun u oltingugurt b-n, koʻpincha esa oltingugurt va fosfor bilan legirlanadi (q. Legirlangan poʻlat). A. p. Avtomat liniya (silindrik tishli gʻildiraklarga ishlov berish): a) umumiy koʻrinishi; b) texnologik jarayon: 1—zagotovka; 2—birinchi tokarli ishlovi; 3—ikkinchi tokarlik ishlovi; 4—sidirish; 5—tozalab ishlov berish; 6—bunker; 9—shevronlash; 10—tayyor boʻlgan tishli gʻildirak (shesternya).

Avtomat poʻlati chiviq koʻrinishida ishlab chikariladi. Undan bolt, gayka, vint va h. k., avtomobillar, asboblarning baʼzi detallari va b. tayyorlanadi.


Lotin alifbosida maqola: AVTOMAT POʻLATI haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



AVIATSIYA
Sevara - Ana-ana
BERUNIY
AGROKIMYOVIY TAHLIL
ALGEBRA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты