ADILAK

ADILAK (arab, adl — tekis, toʻgʻri, ak — kichraytish qoʻshimchasi) — yuzaning tekis-notekisligini aniqlaydigan asbob. Qalamdon shaklidagi taxtachaga oʻrnatilgan, ichiga spirt yoki efir toʻldirilib, havo pufakchasi yuradigan shisha naycha. Agar yuza tep-tekis boʻlsa, Adilak dagi havo pufakchasi naycha oʻrtasida toʻxtaydi. Adilakni duradgor ustalar, toshtaroshlar ishlatadilar. Bu asbob «shayton» deb ham yuritiladi. Taxtachadan uchburchak shaklida yasalgan Adilak vaterpas deb ataladi. Vaterpas tik ustunchali chizgʻich; unga shoqul osilgan. Tekshirilayotgan sirt gorizontal boʻlsa, shoqul chizgʻichdagi oʻyiq oʻrtasida toʻxtaydi. Adilak astronomiya, geodeziya va fizika asboblarining muhim qismi hisoblanadi. Astronomiya A. i bilan burchaklarni ham oʻlchash mumkin. Mashinasozlikda chilangarlik va ramali Adilaklar ishlatiladi. Chilangarlik Adilaki korpus va unga mahkamlangan shkalali shisha naychadan iborat. U tekshiriladigan sirtning korpus asosiga nisbatan qancha ogʻganligini koʻrsatadi. Ramali Adilak burchaklari aniq yasalgan toʻrt burchakli ramadir. Uni gorizontal (yotiq) va vertikal (tik) sirtlarga urnatib ishlatiladi.


Lotin alifbosida maqola: ADILAK haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



YER
SHISHA
FIZIKA
OʻLCHASH TEXNIKASI
GEODEZIYA


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты