AZIMOV Eldor Sarvarovich

AZIMOV Eldor Sarvarovich (1945.6.2, Toshkent) — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1989). Toshkent konservatoriyasini dastlab skripka, soʻng opera-simfonik dirijyorligi boʻyicha tugatgan. Oʻzteleradio huzuridagi torli kvartet (1963—68) va estrada-simfonik orkestrda (1971—74) skripkachi. Aynan shu yerda 1974-y. kamer orkestr tashkilotchisi, badiiy rahbari va bosh dirijyori. Mazkur jamoa Oʻzbekistonda kamer simfoniya, syuita va b. janrlardagi ijodiyotga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. 1976-y. dan Toshkent konservatoriyasida oʻqituvchi, dotsent. 1996-y. dan «Oʻzbeknavo» qoshidagi «Turkiston kamer orkestri»ning badiiy rahbari va bosh dirijyori.


Lotin alifbosida maqola: AZIMOV Eldor Sarvarovich haqida to'liq ma'lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo'lsa izohda qoldiring va do'stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo'lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)



TOSHKENT
ESTRADA ORKESTRI
FRANSIYA
XITOY
ZOKIROVLAR


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты